Finlandiyada omon qolish kurslariga yozilayotgan ayollar soni keskin oshdi
Mamlakat aholisi Rossiya va Ukraina urushi fonida favqulodda vaziyatlarga tayyor turishni o‘rganmoqda. Finlandiya Mudofaa vazirligi tomonidan qisman moliyalashtiriladigan kurslar davomida ayollarning turli vaziyatlarda omon qolish ko‘nikmalari oshiriladi.

Foto: Nasta
Finlandiya Ayollarning favqulodda vaziyatlarga tayyorgarligi milliy assotsiatsiyasi butun mamlakat bo‘ylab 40 ta dasturini yo‘lga qo‘ygan va oxirgi oylarda unda ishtirok etishni xohlovchilar soni sezilarli darajada oshdi, deb xabar beradi The Observer gazetasi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi oylarda Rossiya va Ukraina mojarosi fonida Finlandiyada favqulodda vaziyatlarga tayyor turish bo‘yicha dasturlarda ishtirok etish uchun arizalar soni oshgan. Bunday kurslar, xususan, fin harbiy bazalarida o‘tkazilmoqda va unda 18 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan ayollar ishtirok etyapti.
Dasturlarning maqsadi — ishtirokchilarda stressga chidamlilik va kibertahdidlar haqida xabardorlikni oshirish, ekstremal sharoitlarda omon qolish, noto‘g‘ri ma’lumotlarni ajrata bilish ko‘nikmalarini o‘rgatishdan iborat.
«Men Rossiyaning hujumi borasida real xavf bor deb o‘ylamas edim. Ular Ukrainaga hujum qildi. Va men keyingisi biz bo‘lishimiz mumkinligini tushundim», — deydi savdo sohasida ishlovchi 42 yoshli Sari. Ikki bolaning onasi bo‘lgan ayol mazkur kursga «elektr energiyasi uzilgan sharoitda» ham omon qolishni o‘rganish maqsadida qo‘shilgan.
Nasta nomini olgan o‘quv kursi Ayollarning favqulodda vaziyatlarga tayyorgarligi milliy assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilgan 40 ta dasturning biri hisoblanadi. Qolgan kurslar kiberxavfsizlik, ruhiy barqarorlik, yovvoyi tabiatda omon qolish ko‘nikmalari, qorda yuradigan mashinalarni boshqarish va axborot ta’siri kabi yo‘nalishlarni qamrab oladi. Rossiya Ukrainaga bostirib kirganidan keyin bunday kurslarga kelib tushayotgan arizalar soni oshgan. Chunki Finlandiyaning qo‘shni davlat bilan nafaqat urush bo‘yicha umumiy tarixi, balki quruqlikda 830 mil chegarasi ham bor.
Nasta 1997 yildan beri faoliyat yuritib keladi. Unda harbiylarga xos ko‘nikmalar o‘rgatilmasa-da, Finlandiya Mudofaa vazirligi tomonidan qisman moliyalashtiriladi. Tashkilotning 100 mingga yaqin a’zosi mavjud bo‘lib, 2022 yil 24 fevralda Rossiya Ukrainaga qarshi urush ochganidan keyin unga bo‘lgan qiziqish keskin oshib ketdi.
«Joylarda kursga qiziquvchilar soni shu qadar oshib ketdiki, tizim barbod bo‘ldi. Ba’zida kurslar bir daqiqa ichida to‘ladi», — deydi Nasta’ning kommunikatsiya bo‘yicha menejeri Suvi Aksela.
Mamlakatning razvedka va xavfsizlik xizmatlari Rossiya Finlandiyani do‘st bo‘lmagan davlat sifatida ko‘rishini ma’lum qilgan. Ta’kidlanishicha, gibrid urush turli shakllarda, xususan, kiberhujumlar, muhim infratuzilmalarga tahdidlar, dezinformatsiya va josuslik yo‘nalishlarida bo‘lib o‘tadi.
Tavsiya etamiz
Trampni siylagan arablar, muzlatilgan savdo urushi va amalga oshmagan “duel” - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 16:04 / 17.05.2025
Tahdid va tarix haqida va’z: Istanbul muzokaralarida nimalar deyishdi?
Jahon | 13:33 / 17.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
Shaharlarda yo‘l ta’mirlash ishlari faqat tunda amalga oshiriladi
O‘zbekiston | 17:20 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Italiya 400 ta foydalanishdan chiqarilgan zirhli transportyorini Ukrainaga beradi
Jahon | 15:50
-
O‘zbekiston-Misr neft-kimyo va energetika sohasida loyihalarni amalga oshiradi
Iqtisodiyot | 15:41
-
Surxondaryoda 11 ta o‘qituvchi 2 ming dollardan ko‘p maosh olayotgani ma’lum qilindi. Prezident buni Britaniya bilan taqqosladi
O‘zbekiston | 15:28
-
“Sirtqi ta’lim yopilsa, hech narsa yo‘qotmaymiz” – mutaxassislar bilan suhbat
O‘zbekiston | 15:26
Mavzuga oid

08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi

17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi

14:54 / 12.05.2025
Rossiya TIV: Avval Istanbuldagi muzokaralar, keyin - sulh mavzusi

13:00 / 12.05.2025