Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi - Reuters
Manbaga ko‘ra, Rossiya Kursk fronti ochilganidan buyon bu yerga 59 ming harbiysini tashlagan. Shuningdek, bu yerga 11 ming shimoliy koreyalik askar ham yetib kelgani, lekin ularning aksariyati hamon tayyorgarlikdan o‘tayotgani aytilmoqda.
Foto: Yan Dobronosov / REUTERS
Ukraina qurolli kuchlari Rossiyaning Kursk oblastida avgust oyidagi hujum vaqtida egallab olingan hududlarning 40 foizdan ortig‘ini Rossiyaning qarshi hujumlari to‘lqini sabab qo‘ldan chiqargan. Bu haqda Ukraina Bosh shtabidagi manbaga tayanib, Reuters agentligi xabar tarqatdi.
Manbaga ko‘ra, ukrain qo‘shinlari Kurskka kirganidan buyon Rossiya 59 ming harbiysini ushbu frontga yo‘naltirgan.
Manba, shuningdek, Kursk oblastiga shimoliy koreyalik 11 ming askar yetib kelgani, lekin ularning katta qismi hali tayyorgarlikdan o‘tayotganini qayd etgan.
Reuters suhbatdoshiga ko‘ra, avgust oyida Ukraina qurolli kuchlari Kursk oblastida 1300 kvadrat kilometrdan ortiq maydonni egallab olgan, hozir esa taxminan 800 kvadrat kilometrlik hududni nazoratida ushlab turibdi.
Agenilik ushbu iddaolarni mustaqil tekshirish imkoniyatiga ega emasligini ta’kidlagan. Rossiya Mudofaa vazirligi so‘rovga javob bermagan.
Mavzuga oid
23:10 / 18.12.2025
Estoniya Rossiya harbiylari chegarani buzganini ma’lum qildi
16:40 / 18.12.2025
«Yevropalik cho‘chqachalar qulashimizdan umid qilgan» - Putin Bayden ma’muriyati va yevropaliklarni urushni boshlashda aybladi
16:35 / 18.12.2025
Rossiya Mudofaa vazirligi: 2025 yilda Ukrainadagi urushga 11 trln rubl sarflanadi
16:08 / 18.12.2025