Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2021 yilning dastlabki uch oyida eng ko‘p smartfon sotgan kompaniya ma'lum bo‘ldi
Qayd etilishicha, butun dunyoda smartfonlar savdosi o‘sgan. Joriy yilning birinchi choragida 340 million dona smartfon sotilgan.
Samsung 2021 yilning dastlabki uch oyida eng ko‘p smartfon sotgan kompaniya bo‘ldi. Bu haqda Strategy Analytics ma'lumotida aytilmoqda.
Kompaniya birinchi chorakda 77 million dona gadjet sotib, bozorning 23 foizini egallagan.
Ikkinchi o‘ringa Apple joylashdi – 57 million dona smartfon va bozorning 17 foizi.
Uchinchi o‘rinni 49 million dona smartfon sotib, bozorning 15 foizini zabt etgan Xiaomi egalladi.
To‘rtinchi va beshinchi o‘rinlarni Oppo (23 million dona smartfon va bozorning 11 foizi) va Vivo (20 million dona smartfon va bozorning 11 foizi) band etdi.
Qayd etilishicha, butun dunyoda smartfonlar savdosi o‘sgan. Joriy yilning birinchi choragida 340 million dona smartfon sotilgan (2020 yilda 275 million dona).
Smartfonlar savdosi o‘sishiga 5G texnologiyasining kengayishi sabab bo‘lgani aytilmoqda.
Mavzuga oid
22:27 / 01.11.2025
Smartfonlar bozorida 2025 yil yetakchilari aniqlandi
10:24 / 29.10.2025
Google yangilik qilmaydimi? Pixel 10a dizayni internetda tarqaldi
13:07 / 30.09.2025
Telefonda qanday bakteriyalar yashaydi?
22:03 / 14.07.2023