O‘zbekiston | 10:51 / 20.04.2021
6965
1 daqiqa o‘qiladi

Birjada benzin narxi ko‘tarildi 

O‘tgan hafta davomida, ya'ni 12 – 18 aprel kunlari "O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi"ning barcha savdo platformalarida 1,7 trln so‘mlik tovarlar sotilgan bo‘lib, bu avvalgi haftaga nisbatan 2,3 foizga kamdir. 

O‘tgan haftada birja savdolariga 40 426,0 tonna AI-80 markali avtomobil benzini qo‘yildi va ulardan 15 749,1 tonnasi, ya'ni 38,9 foizi sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 27 xaridor ishtirok etdi. Hafta davomida avtomobil benzini deyarli o‘zining boshlang‘ich qiymatida sotildi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda sotuvchi korxonalar AI-80 markali avtomobil benzinining o‘rtacha boshlang‘ich narxlarini mahsulot bir tonnasi uchun 6,32 mln so‘mdan 6,40 mln so‘mgacha yoki 1,3 foizga ko‘tardi. Shu munosabat bilan, AI-80 markali avtomobil benzini o‘rtacha kunlik narxi ham 6,32 mln so‘mdan 6,40 mln so‘mgacha - 1,3 foizga, ya'ni sotuvchilarning boshlang‘ich narxlari hisobiga o‘sdi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda AI-80 rusumli avtomobil benzinining o‘rtacha haftalik kotirovkasi 6,17 mln so‘mni, AI-91 – 7,44 mln so‘mni tashkil etdi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid