O‘zbekiston | 11:20 / 21.04.2021
3432
7 daqiqa o‘qiladi

Qaysi toifadagi buxgalter, moliyachilarga talab katta va MHXSga qanday qilib bepul o‘qish mumkin?

Foto: Rawpixel

Profi Training «MHXSga kirish» videokursida bepul tahsil olishni taklif etadi. U 50 videodars, 20 konspekt, ko‘plab vazifalar va testlardan iborat 20 mashg‘ulotni o‘z ichiga oladi. Videokurs o‘zbek hamda rus tillarida tashkil etiladi.

O‘zbekistonda Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari tobora rivojlanib bormoqda. Qidiruv so‘rovlarini tahlil qilish bo‘yicha xizmat ma'lumotlari shuni tasdiqlaydiki, O‘zbekistonda MHXSga bo‘lgan qiziqish 2021 yil boshidan boshlab 2020 yilga nisbatan ikki marotaba ortgan, so‘rovlarning har oydagi o‘rtacha soni 730ni tashkil etgan.

Yirik bizneslar — aksionerlik jamiyati, tijorat banklari, sug‘urta tashkilotlari, telekom-operatorlari va savdo tarmoqlari xalqaro standartlarga o‘tish bosqichida turibdi.  Chet eldan real sarmoyalar olishga qiziqayotgan o‘rta biznes ham ortda qolayotgani yo‘q.

Taniqli tadbirkor, boshqaruvchilar va ekspertlarning so‘zlariga ko‘ra, MHXSga kirish — bu qiyin va qimmat loyiha. Uni amalda tadbiq qilish uchun loyiha rahbari, ekspert-metodolog, moliyaviy bo‘limi xodimlari, AT-dasturchilardan iborat loyiha guruhi jalb etiladi. Biroq, bu O‘zbekiston biznesining xalqaro tajriba asosida muvaffaqiyatli rivojlanishiga imkon beradigan zaruratdir.  

Tadbirkorlar va boshqaruvchilar qayd etgan MHXSga o‘tish loyihasiga zarur bo‘lgan mutaxassislar hozirda mahalliy bozorda yetishmaydi. Kadr yetishmovchiligi nafaqat savdo bo‘yicha malakali menejyerlar, sertifikatsiyalangan muhandislar va AT-mutaxassislar qidiruvida, balki hech bo‘lmasa,MHXSni nazariy jihatdan biluvchi va moliya hamda boshqaruv hisoboti bo‘yicha professional tajribaga ega buxgalter va moliyachilarni topishda seziladi.  

Barcha uchun bepul ta'lim

MHXS bo‘yicha malakali mutaxassislar O‘zbekistonda birdaniga paydo bo‘lmaydi, chet ellik mutaxassislar (ekspatlar)ning to‘liq jamoasini mahalliy biznesga jalb qilish esa arzon emas. Maqbul yechim — o‘z ishchi kuchini shakllantirish, xalqaro malakalarga tayyorgarlik ko‘rish orqali inson kapitaliga sarmoya kiritish hamda ta'lim olish va tanlovlar uchun imkoniyatlarni ta'minlashdir.

O‘zbekiston Moliya vazirligi va Profi Training  biznes-maktabi tashabbusi bilan ACCA rasmiy dasturi asosida o‘zbek va rus tillarida mustaqil o‘rganish uchun «MHXSga kirish»  videokursi ishlab chiqildi.  2020 yil 16 sentyabrda videokurs profimsfo.uz saytida ro‘yxatdan o‘tish orqali westudy onlayn-platformasida ishga tushdi.

«MHXSga kirish»  videokursi buxgalter, moliyachi mutaxassislar, loyiha menejyerlari va barcha xohlovchilarga MHXS haqida bepul ta'lim olish imkonini beradi. U MHXSni qulay vaqtda o‘zlashtirilgan materiallarni test vazifalari orqali tekshirish bilan o‘rganishga yordam beradi.

MHXS bo‘yicha mutahassis bo‘lish — ACCA DipIFR-Rus xalqaro diplomini qo‘lga kiritishni anglatadi. «MHXSga kirish» kursi — talabgir va yuqori daromadli ishga ega bo‘lishni istagan mutaxassisning rivojlanishidagi birinchi qadamdir.

«MHXSga kirish» kursining mustaqil o‘qish uchun dasturi:

  • Moliyaviy hisobotlar tayyorlashning konseptual asoslari;
  • Hisobning alohida moddalari bo‘yicha MHXS (pul mablag‘lari, zaxiralar, asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, ijara, moliyaviy vositalar, daromad solig‘i va boshqalar);
  • Moliyaviy hisobotni taqdim etish bo‘yicha MHXS;
  • Moliyaviy holat va sof daromadlar to‘g‘risidagi hisobotlarni tuzish uchun yettita murakkab topshiriqlar;
  • Ko‘plab amaliy topshiriqlar va testlar;
  • Ikkita oraliq va bitta yakuniy imtihon.


2021 yil aprel oyi holatiga ko‘ra odam soni bo‘yicha platformada ta'lim olish statistikasi quyidagicha:

  • ro‘yxatdan o‘tganlar — 2 780;
  • o‘qish jarayonida (faol foydalanuvchilar) — 1 085;
  • o‘qishni tamomlaganlar — 55;
  • sertifikat olganlar — 17.

Ta'lim olish qanday tashkil etiladi

Videokursga ro‘yxatdan o‘tish profimsfo.uz saytida qisqa forma orqali amalga oshiriladi. Formani to‘ldirib, ma'lumotlar yuborilgandan so‘ng ye-mail manzilga westudy onlayn-platformasiga havola bilan tasdiqlash xati keladi. Batafsil video-ko‘rsatmani profimsfo.uz'ning «Bilish muhim (Vajno znat)» bo‘limidan topish mumkin.

Tasdiqlangandan so‘ng havola orqali intuitiv tushunarli interfeysga ega westudy onlayn-platformasida videokontentga kirish imkoniyati ochiladi.  Internetga ulangan istalgan shaxsiy qurilmalar (noutbuk, smartfon yoki kompyuter)dan foydalanish mumkin.

«MHXSga kirish» kursi 50 videodars, 20 konspekt, ko‘plab vazifalar va testlardan iborat 20 mashg‘ulotni o‘z ichiga oladi. Kurs oxirida yakuniy test topshiriladi. Mashg‘ulotning o‘rtacha davomiyligi — 30−40 daqiqa. Kursni o‘zlashtirish uchun belgilangan taxminiy muddat — uch oy.

Platformada bepul o‘quv dasturini 2021 yilning 31 dekabrigacha o‘qish imkoni mavjud.

 Profi Training haqida

Profi Training biznes-maktabi — ACCA’ning O‘zbekistondagi akkreditatsiyadan o‘tgan RLP-hamkori va CIMA Silver-provayderi. U moliyaviy boshqaruv sohasida onlayn-ta'limni tashkil etish bilan shug‘ullanadi.

Profi Training’ning professional ta'lim yo‘nalishi bo‘yicha portfelida quyidagilar mavjud:

  •  «ACCA DipIFR-Rus»ga o‘qitish va imtihoniga tayyorlash;
  •  «ACCA Moliya va biznes boshqaruvi»ga o‘qitish va imtihoniga tayyorlash;
  • «ACCA DipIFR-Rus» hamda «ACCA Moliya va biznes boshqaruvi» imtihonlariga mustaqil tayyorgarlik ko‘rish uchun ASSA o‘quv materiallarini ishlab chiqish va nusxalash.

Profi Training bitiruvchilarining 70 foizi ACCA DipIFR-Rus imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tadi.

Kompaniya maqsadi — insonlarni hayotini yaxshilashga yordam beradigan sifatli ta'lim mahsulotlarini yaratish orqali ijodkorlik va xabardorlik uchun qulay muhit yaratish.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish