Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin Zelenskiyning uchrashish to‘g‘risidagi taklifiga javob qaytardi
Avvalroq Zelenskiy Putinga Donbassning istalgan yerida uchrashishni taklif qilgandi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyni Moskvada qabul qilishga tayyorligini aytdi. U Zelenskiyning Donbassda uchrashish to‘g‘risidagi taklifiga ana shunday javob qaytardi.
«Bu uchrashuvda nimalarni muhokama qilamiz? Agar bu Donbass bilan bog‘liq bo‘lsa, u holda Ukraina hukumati «DXR» va «LXR» rahbariyati bilan uchrashishi, so‘ngra bu muammolarni uchinchi mamlakatlar, jumladan, Rossiya bilan muhokama qilishi kerak. Agar gap ikki tomonlama munosabatlar to‘g‘risida bo‘lsa, u holda marhamat, biz Ukraina prezidentini Moskvada unga qulay bo‘lgan istalgan vaqtda qabul qilishga tayyormiz», – dedi Putin Aleksandr Lukashenko bilan uchrashuv chog‘ida.
Avvalroq Zelenskiy Putinga Donbassning istalgan yerida uchrashishni taklif qilgandi.
«Nimani tushunishim kerak? Men shundoq ham barchasini yaxshi tushunaman, har oy u yerda bo‘laman. Men bundan ham uzoqroqqa borib, siz bilan Ukrainaning urush borayotgan Donbassidagi istalgan joyda uchrashishni taklif qilaman», – degan Zelenskiy videomurojaatida.
Bundan tashqari, Kiyevdagilar Vladimir Zelenskiy Vladimir Putin bilan gaplashmoqchi bo‘lgani, ammo bunga ikkinchi tomondan rozilik bo‘lmagani haqida aytishgan, Moskvadagilar esa bu masalada hech qanday so‘rov kelib tushmaganini bildirgandi.
Mavzuga oid
13:41 / 09.02.2026
Babish: Yevropa Ukraina bo‘yicha Putin bilan muzokara olib borishi kerak
16:08 / 30.01.2026
Tramp Putin kuchli sovuq tufayli Kiyevga zarbalarni to‘xtatib turishini aytdi
07:50 / 23.01.2026
Putin Kremlda Trampning vakillari bilan uchrashdi
22:39 / 21.01.2026