Qanot Sharq Airlines'da chipta narxi MAKdan 30 foizga arzon bo‘ladi - Nosir Abdug‘afforov
Qanot Sharq Airlines aviakompaniyasida parvozlar narxi Uzbekistan Airways'nikiga qaraganda taxminan 30 foizga arzon bo‘ladi. Bu haqda kompaniya asoschisi Nosir Abdug‘afforov Kun.uz muxbiri bilan suhbatda ma'lum qildi.
Abdug‘afforovga ko‘ra, kompaniya samolyotlarida biznes klass o‘rindiqlari bo‘lmaydi.
«Bizda to‘liq ekonom klass bo‘ladi. Shuning hisobiga yo‘lovchi joylari ko‘proq bo‘lgani uchun chipta narxini ham arzon qilamiz. Uzbekistan Airways'ga qaraganda kamida 30 foiz arzon qilsak kerak», – dedi u.
Qanot Sharq Airlines rahbariga ko‘ra, kompaniyaning 26 aprel kuni olib kelingan ilk samolyoti – Airbus A320 jami 174 nafar yo‘lovchiga mo‘ljallangan.
«Ilk parvozni 2 oydan keyingi rejalashtiryapmiz. Hozir birinchi samolyotimizni bojxonadan o‘tkazish, keyin O‘zbekistonda registratsiya qilish va o‘zimiz ham sertifikatsiya qilishimiz kerak. Shunga taxminan, 1,5-2 oy vaqt ketadi.
Xudo xohlasa, 2 oydan keyin birinchi parvozni boshlasak kerak. O‘zi aviakompaniya ochganda kamida 2ta samolyotdan boshlash kerak. Chunki bittasi uchayotganda biror narsa bo‘lib qolsa, o‘rniga albatta zaxira samolyot bo‘lib turishi kerak», – dedi aviakompaniya muassisi.
Keyingi 20 kun ichida Qanot Sharq Airlines'ning ikkinchi Airbus A320 samolyoti yetib kelishi kutilmoqda. Yil oxirigacha esa Airbus A330 samolyotidan ikkita olib kelinishi reja qilingan.
Aviatashuvchi Istanbul va Anqara (Turkiya), Jidda va Madina (Saudiya Arabistoni), Moskva va Sankt-Peterburg (Rossiya Federatsiyasi), Almati (Qozog‘iston) va Dubay (BAA) yo‘nalishlarida aviaqatnovlarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda.
Belarus va Ukrainaga reys qo‘yilishi ehtimoli ham istisno qilinmayapti.
«Hindiston, Pokiston, Bangladesh va Saudiya Arabistoniga mo‘ljallanayotgan reyslar esa ziyorat turizmini rivojlantirishga yordam beradi», – deydi Nosir Abdug‘afforov.
Abdug‘afforov Uzbekistan Airways bilan raqobat haqida ham fikr bildirdi.
«Istalgan holatda 2ta kompaniya bo‘lgandan keyin, raqobat bo‘ladi. Raqobat bo‘lgandan keyin mijozlarga qanaqadir yangi g‘oyalar taklif qilinadi. Bundan faqat yo‘lovchilar yutib chiqadi», – dedi Qanot Sharq Airlines rahbari Kun.uz muxbiri bilan suhbatda.
Tavsiya etamiz
Muddat qo‘yuvchi Tramp: buning oxiri bormi?
Jahon | 22:09 / 24.04.2025
Toshkentda avtomobilni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun onlayn ariza berish mumkin bo‘ldi
O‘zbekiston | 20:34 / 24.04.2025
Stomatologiya poliklinikalari xususiylashtiriladi
O‘zbekiston | 10:56 / 24.04.2025
Bojxonadagi cheklovlar: fuqaro bojni to‘lay olmasa, nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 22:43 / 23.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Hindiston va Pokiston munosabatlari taranglashdi
Jahon | 02:00
-
Amerikalik sobiq kongressmen Jorj Santos firibgarlik uchun yetti yilga qamaldi
Jahon | 01:32
-
Rossiyada migrantlarning farzandlarini bog‘chaga qabul qilishda qo‘shimcha hujjatlar talab etilishi mumkin
Jahon | 00:41
-
Britaniyada saratonni kasallik belgilari paydo bo‘lishidan oldin aniqlashga qodir qon tahlili ishlab chiqildi
Jahon | 23:42 / 25.04.2025
Mavzuga oid

17:56 / 06.01.2025
Qanot Sharq aviakompaniyasi bir qator reyslarni bekor qildi

19:32 / 14.12.2024
Qanot Sharq bayram kunlariga rejalashtirilgan qator reyslarini bekor qildi

15:00 / 13.11.2024
Xalqaro Gulyash festivali, arzon ovqatlanish va noyob sovg‘alar yurti

15:00 / 16.10.2024