Mahalliy aviareyslar chiptalari 20-30 foizga arzonlashadi - Transport vazirligi
O‘zbekistonda ichki aviareyslar uchun chipta narxlari yangilanadi, narxlar o‘rtacha 25-30 foizga tushishi hisoblangan, deb ma'lum qildi transport vaziri o‘rinbosari Abdusamad Mo‘minov.

Bugun, 28 aprel kuni Turizm va sport vazirligida «Ziyorat turizmini rivojlantirishning dolzarb masalalari» mavzusida xalqaro davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda, jumladan, transport vaziri o‘rinbosari Abdusamad Mo‘minov so‘z oldi.
«Hozir O‘zbekistonda 17 ta mahalliy parvozlar amalga oshirilyapti. Kelayotgan 1 oy ichida ularni 67 taga chiqarish rejalashtirilgan. Bu nafaqat ziyorat turizmi, balki ichki turizm rivojlanishiga ham turtki berishiga umid qilamiz. Narxlar ham o‘rtacha 25-30 foizga tushishi hisoblangan, xudo xohlasa chiptalar yangi narxlarda sotila boshlaydi.
Yo‘lovchilarga qo‘shimcha qulaylik va chegirmalar taqdim etish maqsadida «Uzbekistan Airways» AJ tomonidan aviachiptalarni Click orqali xarid qilganda 2 foizgacha keshbek qabul qilish mumkin. Undan tashqari, aviakompaniya rasmiy veb-sayti orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri xarid qilingan aviachiptalarga 3 foiz chegirma beriladi. Joylarni onlayn tanlash tizimi ham joriy etilgan», – dedi Abdusamad Mo‘minov.
Uning qo‘shimcha qilishicha, joriy yil 1 apreldan xalqaro aeroportlarda xorijiy aviakompaniyalar samolyotlariga ko‘rsatadigan xizmatlarning asosiy turlari bo‘yicha tariflar 27 foizga tushirildi. Xorijiy aviakompaniyalarga qo‘shimcha chegirmalar taqdim etilmoqda.
«Toshkent-Samarqand, Toshkent-Buxoro, Toshkent-Shahrisabz yo‘nalishlariga «Afrosiyob» tezyurar poyezdi yo‘lga qo‘yilgan. Bu yil avgust oyida yana 2 ta Talgo poyezdi qatnovga qo‘yiladi, qo‘shimcha ravishda 4 ta ekonom variantdagi vagonlar keltiriladi», – dedi Mo‘minov.
Tavsiya etamiz
Trampning savdo urushi: u Xitoyga yon berdimi?
Jahon | 22:28 / 20.05.2025
O‘zbekistonda go‘sht narxi oshishiga qaysi omillar ta’sir qilyapti?
Iqtisodiyot | 22:11 / 20.05.2025
Nima qilsa muzqaymoq bolalarning tomog‘ini og‘ritmaydi? – pediatr maslahati
Jamiyat | 17:23 / 20.05.2025
Boysunning kelajagi nima bo‘ladi? FVV mas’uli izoh bera olmadi
O‘zbekiston | 21:32 / 19.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh hukumati Harvard universitetiga chet ellik talabalarini o‘qishga qabul qilishni taqiqladi
Jahon | 00:39
-
Shavkat Mirziyoyev Sloveniya prezidenti bilan birga qo‘shma biznes forumda ishtirok etdi
O‘zbekiston | 23:48 / 22.05.2025
-
Angrenda 4 nafar maktab o‘quvchisi bitiruv kechasiga pul topish maqsadida o‘g‘irlik sodir etdi
Jamiyat | 23:34 / 22.05.2025
-
“Putinga yoqish uchun aytilgan gaplar” - ekspertlar Kobyakovning bayonoti haqida
Jahon | 23:21 / 22.05.2025
Mavzuga oid

18:14 / 22.03.2025
Chiptasi bor yuzlab muxlislar o‘yinga kira olmadi. Muammoni qanday yechish mumkin?

16:16 / 09.02.2025
Chegirmali chiptadan jarimagacha: dunyo mamlakatlarida avtobusga to‘lov tizimi qanday ishlaydi?

15:22 / 15.01.2025
“Avtobusga chipta xaridi uchun yangi infokiosklar tadbirkorlar tomonidan o‘rnatiladi” – Toshshahartransxizmat

11:57 / 11.01.2025