Toshkent metrosida yana favqulodda holat yuzaga keldi
«Novza» metro bekati yaqinida poyezd harakati to‘xtab qoldi, bekatlarda yo‘lovchilar to‘plandi.

Foto: Videodan kadr
Toshkent metropolitenining «Novza» bekati yaqinida poyezd vagoni texnik nosozlik oqibatida to‘xtab qoldi. Ijtimoiy tarmoqlarda metro yo‘lovchilari tunnel bo‘ylab piyoda ketayotgani aks etgan video va fotolar tarqalmoqda.
«Juda bir ajoyib holat metroning ichidan yurish. 1400 so‘mga shuncha holatni ko‘rsangiz bo‘ladi», deydi videolardan birining muallifi bo‘lgan yo‘lovchi.
Metrodagi nosozlik tufayli shahar jamoat transportida yuqori darajadagi tirbandliklar yuzaga keldi. «Chilonzor» yo‘lida harakat to‘xtab qolgani tufayli bekatlarda to‘planib qolgan yo‘lovchilar tashqariga chiqishga majbur bo‘lishgan.
Internetda «Paxtakor» bekati atrofidagi hududlar yer ostidan chiqqan va manziliga yetib olishga harakat qilayotgan odamlar bilan to‘lib ketgani aks etgan videolar paydo bo‘ldi.
«O‘zbekiston temir yo‘llari» soat 18:42ga kelib metro tunnelida poyezd to‘xtab qolishi holati bo‘yicha izoh berdi.
«Bugun soat 17:50larda Toshkent metropolitenining «Chilonzor» yo‘nalishidagi «Milliy bog‘» va «Novza» stansiyalari oralig‘ida texnik sabablarga ko‘ra bitta harakat tarkibi to‘xtatildi. Barcha yo‘lovchilar xavfsiz evakuatsiya qilindi. Metroning ushbu yo‘nalishida harakat davom etmoqda.
«Toshkent metropoliteni» unitar korxonasining rahbariyati yo‘lovchilardan uzr so‘raydi va vaziyatni aniqlab olish uchun ishchi guruh tezkor tashkil etilganini ma'lum qiladi», deyiladi izohda.
So‘nggi vaqtlarda Toshkent metrosida bu kabi holatlar odatga aylandi.
18 mart kuni metroning yer usti Sergeli yo‘nalishi boshlanish joyida ikki poyezd to‘qnashib ketgandi. O‘shanda to‘xtab qolgan tarkibga ortdan kelgan boshqa bir tarkib kelib urilgandi.
8 aprel kuni Toshkent metrosining Sergeli yerusti yo‘lida ham poyezd to‘xtab qolgan, yo‘lovchilar relslar bo‘ylab piyoda harakatlanishga majbur bo‘lgandi. Keyinchalik metro rasmiylari shunday voqea bo‘lishi metro yo‘li qurilayotgan vaqtdayoq kutilgani, biroq bu muammo kutilganidan avval yuz berganini ma'lum qilgandi.
Shuningdek, 10 aprelda Chilonzor yo‘nalishida poyezd «Pushkin» bekatidan «Buyuk ipak yo‘li» bekatigacha eshikni yopmay harakatlangani haqida xabar berilgandi.
Tavsiya etamiz
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
YeOII Markaziy Osiyo integratsiyasiga monelik qiluvchi omil bo‘lishi mumkin - Farhod Tolipov
O‘zbekiston | 19:45 / 15.04.2025
Inflatsiyani o‘lchash: narxlar qanday kuzatiladi?
O‘zbekiston | 19:31 / 15.04.2025
Jonni xatarga qo‘yib... “Oshqozon”siz ozish orzusi haqida
Jamiyat | 17:46 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Remontada bo‘lmadi. «Arsenal» «Real»ni tojdan mahrum etdi
Sport | 03:04
-
London va Parij migrantlar almashinuvi bo‘yicha kelishuvni muhokama qilmoqda
Jahon | 01:01
-
Rossiyada davlatga xiyonat uchun sudlanganlar soni SSSR davridan beri rekord ko‘rsatkichga chiqdi
Jahon | 00:29
-
Xorazmda fuqarolarga soxta diplom olib bergan shaxs ushlandi
Jamiyat | 23:57 / 16.04.2025
Mavzuga oid

22:58 / 02.06.2021
Sergeli–Qo‘yliq yer usti metrosi qurilishida 785 ta daraxt boshqa joyga ko‘chiriladi

00:07 / 02.06.2021
Havo harorati ko‘tarilgani sabab Toshkent yerusti metrosida harakat tezligi cheklanadi

08:38 / 25.05.2021
Metroda yo‘lovchi tashish bilan bog‘liq munosabatlarni huquqiy tartibga soluvchi normativ hujjatlar amalda mavjud emas - Agentlik

23:42 / 24.05.2021