Jumladan, 2021 yil 27 aprel kuni soat 8:20larda Zarbdor tumani «Tozaurug‘» MFYdan o‘tgan yo‘lda shu mahallada yashovchi 2009 yilda tug‘ilgan qiz O.Husniya «Nexia» mashinasi urib yuborishi oqibatida vafot etgan.

Shuningdek, 28 aprel kuni soat 8:25larda Yangiobod tumanidan o‘tgan davlat ahamiyatidagi 4K254 avtomobil yo‘lining 4-kilometrida 2017 yilda tug‘ilgan shu tumanning Shodlik mahallasida yashovchi o‘g‘il bola O.Javohir «Nexia» mashinasi urib yuborishi oqibatida vafot etgan.

Qayd etilishicha, 5-sinf o‘quvchisi bo‘lgan O.Husniya yo‘l chetida chorva mollarini boqib yurgan. 2017 yilda tug‘ilgan O.Javohir esa chorva mollari boqib yurgan ota-onasi bilan birga bo‘lgan. Ota-onasi uni qarovsiz qoldirishi natijasida mashina urib yuborgan.

Ma'lum bo‘lishicha, 2021 yilning uch oyi mobaynida Jizzax viloyatida bolalar bilan bog‘liq 16ta yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. Ularda 14 nafar bola turli darajada tan jarohatlari olgan, ikki nafari esa vafot etgan.

Aprel oyida esa viloyat hududida bolalar ishtirokida 7 ta YTH sodir bo‘lgan. Oqibatda besh nafar bola turli darajada tan jarohatlari olgan. Ikki nafari vafot etgan.

Tumanlar kesimida o‘tgan yilning uch oyiga nisbatan joriy yilda bolalar bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisalari soni Sharof Rashidov tumanida 200 foizga, Jizzax shahrida 133 foizga, Baxmal, Zomin, G‘allaorol va Mirzacho‘l tumanlarida 100 foizga oshgan.