22:05 / 30.04.2021
8460

Rossiya Yevroparlament raisi va YeIning yana 7 fuqarosini «qora ro‘yxat»ga kiritdi

Rossiya Yevropa Ittifoqining 8 fuqarosi, jumladan, Yevroparlament raisi David Mariya Sassolini «qora ro‘yxat»ga kiritib, ularga Rossiyaga kirishni taqiqlab qo‘ydi.

Rossiya tashqi ishlar vazirligida ta'kidlanishicha, ushbu cheklovlar YeI kengashi tomonidan 2 va 22 mart kunlari 6 nafar rossiyalik fuqaroga qarshi qo‘llangan taqiqlarga javoban kiritildi.

Rossiyaga kirishi taqiqlanganlar ro‘yxatiga Sassolidan tashqari quyidagi shaxslar tushgan:

  • Yevrokomissiya raisining qadriyatlar va ochiq-oydinlik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Vera Yurova;
  • Latviyaning Elektron OAV bo‘yicha milliy kengashi raisi Ivars Abolinsh;
  • Latviyaning Davlat tili markazi direktori Maris Baltinsh;
  • Fransiyaning Yevropa kengashi parlament assambleyasidagi delegatsiyasi a'zosi Jak Mer;
  • Berlin prokuraturasi boshlig‘i Yorg Raupax;
  • Shvetsiya qirolligi Total mudofaa tadqiqot institutining kimyoviy, biologik, radiatsion va yadro xavfsizligi laboratoriyasi rahbari Osa Skott;
  • Estoniyaning Til departamenti rahbari Ilmar Tomusk.

Rossiya tashqi ishlar vazirligida ta'kidlanishicha, Yevropa Ittifoqining Rossiya fuqarolari va tashkilotlariga nisbatan bir tomonlama noqonuniy cheklovlar kiritish siyosati BMT nizomiga va xalqaro huquqning asosiy me'yorlariga zid hisoblanadi. 

«Yevropa Ittifoqining bunday xatti-harakatlari ularning asl maqsadi davlatimiz taraqqiyotini har qanday yo‘l bilan to‘xtatish ekaniga shubha qoldirmaydi. Bu Yevropani yana o‘tkir geosiyosiy qarama-qarshilik maydoniga aylantirishdan manfaatdorligini yashirmayotgan AQSh rahnamoligida ochiqchasiga va ataylab qilinmoqda», deb ta'kidlab o‘tgan Rossiya tomoni.

Mavzuga oid
Top