Bu hayotda har bir insonning öz missiyasi böladi. Dunyoga kelişdan asosiy maqsadini anglab olgan inson umri davomida insoniyatga foydasi tegadigan işlar qila oladi. Töğri yöldan adaşganlar esa sinovlarga doş berolmay, qayta-qayta xato qilaveradi. Zangiota tumanidagi 24-son ayollar jazosini ijro etiş muassasasidagi mahkumalar bilan gaplaşib, şu kabi hayotiy xulosalarni oliş mumkin. «Mahkuma» loyihasining navbatdagi sonida hayotda adaşib, muhim xulosalarga ega bölgan ayolning taqdiri hikoya qilinadi.

«Mudhiş xatoga yöl qöydim»

17 yoşimda turmuşga çiqqanman. Turmuş örtoğim bilan 3 kun yaşaganman, avtohalokatga uçrab, vafot etgan. Qizlik uyimga qaytib borganman. Otam boşqa ayolga uylangan edi. Öz onam ança yillar oldin vafot etgandi, uni körmaganman. Uyga qaytganimdan biroz vaqt ötib, öğil farzand kördim. Ögay onamning asossiz janjallari tufayli uyni taşlab ketganman. U dadamning uçinçi xotini bölgan. Tuğişgan onam dadamning birinçi ayoli bölgan. Ikkinçi marta oila qurgaç, otam qamalib ketdi. Ikkinçi onam ketib qolgan. Qamoqdan çiqqaç, uçinçi marta uylandi.

Uçinçi onamning qiliqlarini kötarolmay, uydan çiqib ketdim. Bolamniyam olib ketmoqçi böldim, ammo ögay onam bermadi. Yolğiz özim ketdim. Bu orada bir ayol bilan tanişdim. U Özbekistonda senga restorandan iş topib beraman, pul topib, bolangga jönatasan, dedi.

Öşanda mening pasportim yöq edi, faqat tuğilganlik töğrisidagi guvohnoma bor edi, xolos. Ertalab soat 6:30da Bekoboddagi Tojikiston-Özbekiston çegarasidan ötdik. Köprik tagidan ötib ketdik. 

Sirdaryoning Şirin şahriga yetib bordik. Öşa paytlari qişloqning sodda qizi bölganman, kim nima desa işonib ketaverganman. Bir uyga keldik, qizlar juda köp ekan. Qizlar kirib-çiqib, öşa yerdagi Jamila ismli ayolga pul sanab berişgan holatlarini körib, heç nimani tuşunmaganman. Jamila opa oldimga kelib, menga yaxşi muomala qila boşladi. Unga boşimdan ötgan barça voqealarni aytib berganman. Ular mening soddaligimdan foydalanişdi. 

Jamila opaga bu yerga restoranda işlaş uçun kelganimni, tezroq pul topib bolamga olib borişim kerakligini aytgan zahotim, atrofimdagi qizlar kulib yuborişdi. Jamila opa «Qanaqa restoran? Sen bu yerga fohişalikka kelgansan», deb aytdi. Öşa payti joyimda qotib, muzlab qoldim. «Dadam odam öldirgani uçun qamalib çiqqan. Bu işim uçun meni soğ qöymaydi. Heç qaçon bu işni qilmayman», dedim. Qilmagan işimni baribir qildim. Hozirgaça öylayman: şu yölga kirmaganimda, qamalmagan bölardim.