Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina korxonalari Rossiyaga qarshi 4,5 mlrd dollarlik da'vo kiritdi
Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Yevgeniy Yeninning aytishicha, Ukraina bu bilan to‘xtamoqchi emas va «asosiy da'volar hali oldinda».
Rossiya tajovuzi sababli mulki va daromadidan ajralgan Ukraina korxonalari 12ta tijorat arbitrajiga 4,5 mlrd dollardan ortiqroq da'vo arizalari berdi, dedi Ukraina tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Yevgeniy Yenin Dom telekanali efirida.
«Biz o‘z mulki va daromadini yo‘qotgan korxonalarimizning arbitrajga murojaat qilishi va Rossiyadan barcha yo‘qotganlarini undirib olishini faol qo‘llab-quvvatlaymiz», – deb ta'kidladi Yenin.
Uning so‘zlariga ko‘ra, dastlabki ijobiy natijalar bor.
«Uchta da'vo bo‘yicha dastlabki ijobiy qarorlar bor. Bu 250 mln dollar atrofida», – dedi u.
Yeninning aytishicha, Ukraina bu bilan to‘xtamoqchi emas va «asosiy da'volar hali oldinda».
U vaqti kelib Rossiya da'volar bo‘yicha bir necha milliard dollar to‘lashiga ishonch bildirdi.
Mavzuga oid
10:03 / 11.07.2026
Rossiyada BMW ruxsatsiz yig‘ilayotgani aytildi
09:19 / 11.07.2026
Rossiya Azov-Don kanali orqali kemalar harakatini chekladi
08:56 / 11.07.2026
Ukraina Rossiyadagi strategik obektlarga zarbalarni kengaytirmoqchi
20:34 / 10.07.2026