Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniyaliklar Chempionlar ligasi finalini Turkiyadan Angliyaga ko‘chirishni talab qildi
Qayd etilishicha, xorijga chiqishga cheklovlar o‘rnatilgani sababli ko‘plab ishqibozlar final o‘yiniga borolmasligi mumkin. Shuningdek, «Aston Villa» UYeFAga final o‘yini uchun o‘z stadionini taklif qilgan.
Buyuk Britaniyada Chempionlar ligasi finalini Turkiyadan Angliyaga ko‘chirishni talab qilishmoqda.
Xabar qilinishicha, britaniyalik siyosatchilar finalda Angliyaning ikki klubi bahslashishi sababli uchrashuv o‘z yurtlarida o‘tkazilishi kerak deb hisoblamoqda.
Qayd etilishicha, xorijga chiqishga cheklovlar o‘rnatilgani sababli ko‘plab ishqibozlar final o‘yiniga borolmasligi mumkin. Shuningdek, «Aston Villa» UYeFAga final o‘yini uchun o‘z stadionini taklif qilgan.
Turkiyada koronavirus bilan bog‘liq noxush vaziyat bois lokdaun joriy etilgan.
Chempionlar ligasi finali 29 may kuni Istanbul shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Stadionga 25 ming nafar muxlis kirishiga ruxsat berilgan. Finalda «Chelsi» va «Manchester Siti» klublari bahslashadi.
Mavzuga oid
23:45 / 31.05.2026
Xvicha Kvaratsxeliya Chempionlar ligasi joriy mavsumining eng yaxshi futbolchisi deb topildi
15:43 / 31.05.2026
Parijda «PSJ» fanatlari tartibsizlik keltirib chiqardi – fotolar
11:16 / 25.02.2026
«Budyo-Glimt» ertagi davom etadi. YeChL kashfiyotini yoqtirib qolish uchun 5 sabab
14:12 / 28.01.2026