Sport | 13:27 / 07.05.2021
18725
1 daqiqa o‘qiladi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Avstraliyaga qarshi uchrashuv o‘tkazadi 

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi 28 may kuni BAAga jo‘nab ketadi, u yerda ertasi kuni Avstraliyaga qarshi nazorat o‘yinini o‘tkazish rejalashtirilgan. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi

Shundan so‘ng, O‘zbekiston milliy terma jamoasi Saudiya Arabistoniga yo‘l oladi. U yerda Vadim Abramov shogirdlari 7 iyun kuni bo‘lib o‘tadigan Singapurga qarshi JCh-2022 saralash uchrashuviga tayyorgarlikni boshlaydi.

Eslatib o‘tamiz, jamoalar o‘rtasidagi birinchi qarama-qarshilik O‘zbekistonning 1:3 hisobidagi g‘alabasi bilan tugagan edi.

D guruhidagi beshta o‘yindan so‘ng O‘zbekiston milliy terma jamoasi 9 ochko bilan ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Saudiya Arabistoni 11 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Keyingi pog‘onalardan Singapur (7 ochko), Yaman (5) va Falastin (4) joy olgan.

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid