Rossiya qurolli kuchlari «ko‘rinmas» aviabomba bilan qurollanadi
Rossiya qurolli kuchlari 2021 yilda “Drel” deb ataluvchi aviabomba bilan qurollanadi. Ta'kidlanishicha, ushbu bombani radarlar yordamida deyarli aniqlab bo‘lmaydi.

Foto: TASS
“Sinovlar natijalari aviabombaning jangovar samaradorligini tasdiqladi. Ushbu bombani 2021 yil uchun davlat mudofaa buyurtmasiga muvofiq sotib olish rejalashtirilgan”, deb ma'lum qilgan Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Yuriy Borisov.
Avvalroq Borisov yangi qurol bilan tezkor-taktik aviatsiya samolyotlari, jumladan, 5-avloddagi Su-57 qiruvchilari ta'minlanishini ma'lum qilgan.
Ma'lumotlarga ko‘ra, “Drel” o‘zi uchuvchi aviabomba bo‘lib, “Bazalt” birlashmasi tomonidan ishlab chiqilgan. Bomba zirhli texnika, yerdagi radiolokatsion stansiyalar, energetik qurilmalarni boshqarish punktlari va zenit-raketa majmualarini yo‘q qilishga mo‘ljallangan. Bombaning uchish masofasi 30 kmdan ko‘proqni tashkil qiladi. Buning evaziga uni dushmanning havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlari ta'siri doirasiga kirmasdan qo‘llash mumkin. Bomba navigatsiya uchun GLONASS tizimidan foydalanadi. U 15ta o‘zi nishonga oluvchi jangovar element bilan jihozlangan. Belgilangan trayektoriyaning oxirida ushbu elementlar tashuvchidan ajralib, nishonga olingan obektlar ustiga parashyutlarda tushadi.
Bombaning yana bir ustunligi uning radioelektron kurash vositalari va radarlar uchun “ko‘rinmasligi” hisoblanadi. Buning evaziga bombani ishdan chiqarish yoki urib tushirish o‘ta murakkab hisoblanadi.
Mutaxassislarning fikricha, bombaning bosh ustunligi – arzonligidir. “500 ming dollarlik raketani terrorchilar jipiga qarshi qo‘llash ma'nosizdir. Bundan tashqari, bombaning arzonligi uni ommaviy qo‘llash imkonini beradi”, deb ta'kidlab o‘tishgan mutaxassislar.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Istanbuldagi muzokaralarga agar Putin ham keladigan bo‘lsa boradi - Kellog
Jahon | 20:39
-
Meksikada merlikka nomzod saylovoldi mitingida otib ketildi
Jahon | 20:02
-
Italiyalik ijodkorning ko‘rinmas haykali 18 ming dollarga sotildi
Jahon | 19:56
-
Misrda 5 nafar o‘zbekistonlik mamlakatda bo‘lish qoidalarini buzgani uchun ushlandi
Jahon | 19:47
Mavzuga oid

08:40
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi

17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi

14:54 / 12.05.2025
Rossiya TIV: Avval Istanbuldagi muzokaralar, keyin - sulh mavzusi

13:00 / 12.05.2025