Samarqandda yana bir masjidning yangi binosi foydalanishga topshirildi
Samarqand viloyati Toyloq tumanidagi masjidlardan birining yangi binosi foydalanishga topshirilgan. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlar idorasi xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, bugun, 11 may kuni Toyloq tumanidagi «Yastepa» jome masjidi yangi binosining ochilish marosimi bo‘lib o‘tgan. Unda O‘zbekiston musulmonlar idorasi Masjidlar bo‘limi mas'ul xodimi Iskandar domla Xalilov, Samarqand viloyati bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulovlar ishtirok etgan.
Qayd etilishicha, ushbu jome masjid binosining umumiy maydoni 459 m², ichki qismi esa 165 m²ni tashkil etadi. Masjid ayvoni xonaqoh binosini uch tomondan o‘ragan. Xonaqohning balandligi 8 metr, eni 7 metr. Yangi qad rostlagan tahoratxona barcha sharoitlarga ega bo‘lib, unda bir vaqtning o‘zida 20 ga yaqin odam foydalanishi mumkin.
Shuningdek, masjid majmuasidan ayollar uchun alohida namozxona va tahoratxona, shuningdek, imom-xatib, noiblar, mutavvali va qorovulxonalar, majlislar zali, kutubxona o‘rin olgan. Mazkur jome masjid saxovatpesha insonlarning ko‘magida bunyod etilgan.
Ta'kidlanishicha, masjidda 10 mingdan ortiq aholisi bo‘lgan Shopo‘lat, Yangi hayot, Yastepa, Shoxkash va boshqa mahallalardagi mo‘min-musulmonlar ibodatlarini ado etadi. Masjid ichida 1000 nafar, hovlida 2000 kishi bemalol ibodat qilishi mumkin.
Ma'lumot uchun, «Yastepa» jome masjidi ilk bor 1918 yilda qurilishi boshlangan. Masjid 1999 yili Adliya vazirligidan ro‘yxatdan o‘tgan.
Mavzuga oid
17:08 / 30.08.2024
Toshkentdagi Mulla Xolmirza ota masjidi zamonaviy ko‘rinishda qayta qurilmoqda
07:25 / 13.06.2024
Toshkentda masjidlar atrofidagi yo‘llarda transport harakati vaqtincha to‘xtatiladi
13:06 / 10.05.2024
YHXX masjidlar atrofida jamoat tartibini saqlash maqsadida qator tavsiyalar bilan chiqdi
11:47 / 03.04.2024