Surxondaryo viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Kasaba uyushmalari federatsiyasi tasarrufidagi korxona direktori Alisher Xidirov Surxondaryo viloyati hokimi o‘rinbosari etib tayinlandi.

Xidirov Alisher Bo‘riyevich Surxondaryo viloyati hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ish boshladi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
U 1982 yil Termiz tumanida tug‘ilgan. 2004 yilda Toshkent temir yo‘l muhandislari institutini, 2009 yilda Toshkent moliya institutini tamomlagan. Ma'lumoti bo‘yicha mutaxassisligi — qurilish muhandisi, buxgalteriya hisobi va audit.
A.Xidirov mehnat faoliyati davomida «Temiryo‘lloyiha» OAJ instituti texnigi, muhandisi, «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ kapital qurilish direksiyasi qurilish bo‘yicha muhandis-texnologi, «O‘ztemiryo‘lmashta'mir» sho‘'ba korxonasi hisobchisi, qurilish bo‘limi muhandis-texnologi, «O‘ztemiryo‘lkonteyner» AJ qurilish boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida mehnat qilgan.
Mazkur lavozimga tayinlangunga qadar 2015 yildan O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi tasarrufidagi «KASABA QURILISH TA`MIR» sho‘'ba korxonasi direktori vazifasida faoliyat yuritayotgan edi.
Surxondaryo viloyati hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida 2019 yil oktyabridan buyon Ahmad Xudayshukurovich Suvonqulov ishlab kelayotgandi.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Putin Ukrainaga to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralarni tiklashni taklif qildi
Jahon | 07:45
-
Kashmirda sulh e’lon qilinganidan keyin portlashlar sodir bo‘ldi
Jahon | 23:37 / 10.05.2025
-
AQShda ona va o‘g‘il bir vaqtda universitetni tamomladi
Jahon | 23:18 / 10.05.2025
-
Ukraina muzokaraga tayyorligini aytdi, Rossiya o‘ylab ko‘rishini ma’lum qildi
Jahon | 22:28 / 10.05.2025
Mavzuga oid

19:44 / 07.05.2025
Yana ikkita universitet rektori o‘zgardi

17:31 / 07.05.2025
Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligiga direktor tayinlandi

11:53 / 06.05.2025
IIVda axborot texnologiyalari bo‘yicha o‘rinbosar lavozimi tugatildi, yangi departament tuzildi

11:24 / 06.05.2025