Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Isroilga 735 mln dollarlik qurol-yarog‘ yetkazib beradi
Ma'lumot berilishicha, Isroil AQShdan birinchi navbatda o‘ta aniqlikdagi raketalar va maxsus aslahalar sotib oladi.
Isroil va AQSh Amerikada ishlab chiqarilgan qurol-yarog‘larni yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzoladi. Bu haqda Jerusalem Post xabar bermoqda.
Shartnoma qiymati 735 mln dollarni tashkil etadi. Dushanba kuni AQSh prezidenti Jo Bayden shartnomani ma'qullagan.
«Isroil AQShdan birinchi navbatda o‘ta aniqlikdagi raketalar va maxsus aslahalar sotib oladi», — deyiladi nashr xabarida.
Avvalroq Isroil G‘azo sektoriga raketa zarbalari berishda davom etishini bildirgandi.
Isroil qurolli kuchlarining ma'lumot berishicha, 10 maydan buyon G‘azo sektoridan 3150ta raketa uchirilgan. «Temir gumbaz» tizimi raketalarning 90 foizga yaqinini to‘xtatib qolayotgani aytilmoqda.
Mavzuga oid
19:05 / 18.07.2026
Yangi davr urushlari: nimalar o‘zgardi, maqsadlar-chi?
11:32 / 18.07.2026
Apacheʼni “qulatgan” iroqlik dehqon – Amerika harbiy vertolyotini miltiqda urib tushirib bo‘ladimi?
22:21 / 17.07.2026
Urush yana qaytalandi. Nega?
20:40 / 17.07.2026