Chet tillariga ixtisoslashgan OTMlarga qabul kvotalari 2 baravarga oshiriladi
2021/22 o‘quv yilida xorijiy tillarni o‘qitishga ixtisoslashtirilgan OTMlarga qabul parametrlari 2 baravarga, davlat granti asosida qabul ko‘rsatkichlari esa 3 baravarga oshiriladi.

Foto: fledu.uz
Bu – xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish bo‘yicha prezident qarorida belgilandi.
Shuningdek, qarorga asosan, 2022/23 o‘quv yilidan boshlab, xorijiy tillarni o‘qitishga ixtisoslashgan OTMlar bitiruvchilari davlat attestatsiya imtihonlarini topshirishdan tashqari, milliy yoki unga tenglashtirilgan boshqa yetakchi xalqaro baholash tizimlarida ham imtihon topshiradi.
Bunda bitiruvchilarning imtihon topshirish xarajatlari OTM zimmasida bo‘ladi.
2022/23 o‘quv yilidan boshlab, OTMlarning magistratura mutaxassisliklariga hamda oliy ta'limdan keyingi ta'lim ixtisosliklariga tanlovlarda milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega shaxslar ishtirok etishi tartibi joriy etiladi.
Bunda, filologiya yo‘nalishlari bo‘yicha kamida S1 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat, nofilologik yo‘nalishlari bo‘yicha esa V2 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat talab etiladi.
Ushbu qarorga doir boshqa xabarlar:
Tavsiya etamiz
Toshkentda endi avtomobilni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin
O‘zbekiston | 20:34
Bojxonadagi cheklovlar: fuqaro bojni to‘lay olmasa, nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 22:43 / 23.04.2025
Londonda tinchlik muzokaralari barbod bo‘ldi
Jahon | 21:29 / 23.04.2025
Xitoy Oyda AES qurish rejasini tasdiqladi
Jahon | 17:06 / 23.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp millionerlar uchun soliqlarni oshirishdan bosh tortdi
Jahon | 23:25
-
24 aprel yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
O‘zbekiston | 23:21
-
O‘zbekistonga Shveytsariya va Belgiyadan Gulnora Karimovga tegishli jami 290 mln dollar qaytarilishi mumkin
O‘zbekiston | 23:08
-
Kokainni qonuniylashtirishga chaqirgan Kolumbiya prezidenti giyohvand moddalarga qaramlikda ayblandi
Jahon | 22:36
Mavzuga oid

12:24 / 18.02.2025
OTM bitiruvchilarini ishga joylashishiga ko‘maklashuvchi dastur amalga oshiriladi

10:19 / 15.02.2025
Kambag‘al oilalar farzandiga OTMda qo‘shimcha grant ajratiladi

13:44 / 11.02.2025
OTMda texnika va tibbiyot yo‘nalishlari kvotalari 25 ming o‘ringa yetkaziladi

09:04 / 10.02.2025