Kuni keça “Dahşatli raqamlar! Biz qayoqqa qarab ketyapmiz?!” sarlavhali maqola e'lon qilgan va unda 10 kun içida sodir bölgan yöl-transport hodisalari kölamidan hayratlangan edik. Yirik avariyalarning özida 40 dan ortiq inson qurbon bölgan bu 10 kunlik aslida bir maromda oşib borayotgan holatlar silsilasi ekani ma'lum bölmoqda.

Qurbonlar soni böyiça sörov yuborganimizda Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligining Yöl harakati xavfsizligi boş boşqarmasi tomonidan lönda infografika taqdim etildi. Şunçaki raqamlardan iborat bu ma'lumotning har bir nuqtasi kişini larzaga soladi. Mamlakatdagi yöl harakati böyiça holat jiddiy muhokamalar va keskin çoralar körişni talab qiladi.

Diqqat qiling, 2021 yilning ötgan 4 oyi mobaynida:

1. 557 kişi YTH qurboni bölgan (bu kiçikroq bir qişloq butunlay qirilib ketişi demakdir. Heç qanday köçki yoki suv toşqinida emas, aynan insonning temirni jilovlay olmagani oqibatida);

2. 1684 kişi jarohatlangan (katta ehtimol bilan minglab kişi endi butun umr boşqalar kömagiga muhtoj va nogironlikka mahkum böladi);

3. «Avariya»lar sababi tahlil qilinganida mutlaq yetakçilik belgilangan tezlik me'yoriga amal qilmaslik tufayli ekani ma'lum böladi – 32,4 foiz (xöş, qoidabuzarliklarga sabab sifatida abgor yöllar va mavjud qoloq infrastrukturalarni körsatuvçilar – qaysi önqir-çönqir yöllarda bunday natijalarga erişib, odamlar umriga zomin bölyaptilar ekan?..);

4. Haydovçilar yoşi tahlil qilinganida kutilganidek 32 yoşgaça bölganlar yetakçiligi körinadi, yoş ulğaygani sari qoidabuzarlik kamaya boradi;

5. Viloyatlar böyiça örganilganda aholi soni faktori köp ham mos kelmasligi ma'lum böladi. Zero Samarqandda 246 ta YTH yuz bergani holda Buxoroda bor-yöği 47 ta avariya sodir bölgani qiziq. Lekin aholisi Samarqanddan kam bölgan Farğona viloyatida sodir etilgan 328 ta YTH bir hafta içidayoq 20 dan ortiq kişi «avariya» qurboni bölgani sababini anglatganday böladi. Aynan bu viloyatda qilinadigan işlar juda köpligini körsatadi;