17 dekabr ertalab Ulyanovsk oblastidan ötadigan federal trassaning 209-kilometrida Özbekiston fuqarolari iştirokida YTH sodir böldi. Içida özbekistonliklar bölgan Cobalt avtomobili MAZ avtomobili bilan töqnaşgan.

Dastlabki ma’lumotlarga köra, Cobalt haydovçisi boşqaruvni yöqotgan va qarama-qarşi yönalişga çiqib ketgan. Yuk maşinasi bilan töqnaşuv oqibatida Cobalt deyarli majaqlanib ketgan. Uning içidagi 5 kişi vafot etgan. Yuk maşina haydovçisi jarohatlar bilan şifoxonaga yotqizilgan.

Qozon şahridagi Özbekiston Boş konsulxonasi YTH oqibatida Özbekiston fuqarolari vafot etganini tasdiqladi. Boş konsulxona hozirda halok bölganlarning jasadlarini Özbekistonga qaytariş çoralari körilayotganini ma’lum qildi.

Vafot etganlar 20 yoşdan 49 yoşgaça bölgan: 1977 yilda tuğilgan A. A., 1988 yilda tuğilgan J. I., 1975 yilda tuğilgan K. S., 2004 yilda tuğilgan K. A. va 1977 yilda tuğilgan B. O.

Konsullik mazkur masala böyiça Boş konsulxonasi vakillari bilan quyidagi telefon raqamlar orqali boğlaniş mumkinligini ma’lum qildi:

+7-843 526-55-63; +7-843 526-55-64; +7-843 526-55-65;