Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘izistonda «So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirlarini onlayn o‘tkazish tavsiya etildi
Respublika shtabining bildirishicha, aholi orasida yangi kasallanish holatlari aniqlanayotgani va sanitariya talablariga rioya qilinmayotgani sababli epidemiologik vaziyat yomonlashishi ehtimoli saqlanib turibdi.
Qirg‘iziston tezkor shtabi ta'lim va fan vazirligiga mamlakat maktablarida «So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirlarini onlayn o‘tkazishni tavsiya etdi. Bu haqda 24.kg xabar bermoqda.
Bishkek va O‘sh meriyalari tadbirlarni qanday shaklda o‘tkazishni o‘zlari belgiladi. O‘shda barcha tadbirlar onlayn tarzda bo‘ladi. 24 va 25 may kunlari maktab bitiruvchilarining bayram tantanalari va bazmlar uyushtirishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Bishkekda ham «So‘nggi qo‘ng‘iroq» an'anaviy shaklda o‘tkazilmaydi.
Qirg‘iziston respublika shtabining bildirishicha, aholi orasida yangi kasallanish holatlari aniqlanayotgani va sanitariya talablariga rioya qilinmayotgani sababli epidemiologik vaziyat yomonlashishi ehtimoli saqlanib turibdi.
So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, mamlakatda oxirgi sutkada 308 kishida koronavirus aniqlangan. Jami kasallanganlar soni 102 mingdan oshgan, 1743 nafar bemor vafot etgan.
Mavzuga oid
22:31 / 02.07.2026
Qamchibek Tashiyev 4 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Ammo, jazo yengilrog‘iga almashtirildi
17:41 / 02.07.2026
Qirg‘iziston Rossiyaning benzin eksportini taqiqlashi ortidan O‘zbekistondan yoqilg‘i so‘radi
16:34 / 01.07.2026
Qirg‘iziston 650 kg kolbasa mahsulotlarini O‘zbekistonga qaytarib yubordi
20:14 / 29.06.2026