Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandlik yigitning jasadi qotillik alomatlari bilan Yangiyo‘ldan topildi
Kun.uz manbasiga ko‘ra, Yangiyo‘l tumani Islohot mahallasi hududidan o‘tgan yo‘l yoqasida samarqandlik yigitning jasadi topilgan.
Ma'lum bo‘lishicha, joriy yilning 22 may kuni soat 15:30 larda Yangiyo‘l tumani Islohot mahallasida joylashgan «Quality agroexpert biznes» fermer xo‘jaligi yer maydonidan o‘tuvchi yo‘l yoqasidan shaxsi noma'lum erkak kishi jasadi qotillik alomatlari bilan topilgan.
Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida jabrlanuvchi Samarqand viloyati Narpay tumani «Yangirabot» QFY Puskaron ko‘chasida yashagan 23 yoshli D. U. ekani aniqlangan.
Surishtiruv ishlari natijasida mazkur jinoyatni Yangiyo‘l tumanida yashovchi, 24 yoshli fuqaro O. M. sodir etganlikda gumonlanib ushlangan. Ushbu jinoyatni u D.U.dan katta miqdorda qarz ekani, ushbu pulni to‘lamaslik maqsadida amalga oshirganini aytgan. U bir nechta jinoiy sheriklari – I.T. hamda B.K. bilan o‘zaro til biriktirib, marhumni hodisa joyiga olib borgan va unga qattiq jism bilan shikast yetkazgan, shundan so‘ng arqon bilan bo‘g‘ib o‘ldirib, D.U.ning 29 dona turli rusumdagi telefon apparatini olib, voqea joyidan yashiringan.
Hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
09:00 / 22.06.2026
Samarqandda 2 kilogrammdan ortiq «gashish» sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
23:04 / 13.06.2026
Samarqandda Rossiyada ishlashni rejalashtirayotgan fuqarolar uchun test markazi ochiladi
10:50 / 12.06.2026
Samarqandning olis tumanlariga investitsiyalar jalb etiladi
17:46 / 10.06.2026