Lukashenko Putin undan uzr so‘raganini aytdi

Rossiya rahbari Vladimir Putin AQSh prezidenti Jo Bayden bilan Belarusdagi vaziyatni mamlakat prezidenti Aleksandr Lukashenko ruxsatisiz muhokama qilgani uchun belaruslik hamkasbidan uzr so‘radi. Bu haqda Lukashenkoning o‘zi Belarus parlamenti a'zolari bilan uchrashuvda ma'lum qildi.
“Putin bu vaziyatda o‘zini vijdonan tutdi. U menga qo‘ng‘iroq qilib, ruxsatimsiz Belarusni muhokama qilgani uchun uzr so‘radi. Men esa unga “Baydenga bu haqda (Belarus haqida) gapirganing uchun senga rahmat. Shuning uchun Belarus haqida gapiraverishsin, juda bo‘lmasa u (Bayden) Belarus qayerda joylashganini bilib oladi”, deb aytgan Lukashenko.
Belarus rahbari o‘z chiqishi davomida Baydenni Belarusdagi vaziyatdan bexabarlikda ayblagan. U Rossiya va AQSh yetakchilari yaqin orada bo‘lib o‘tadigan o‘zaro uchrashuvda Ukraina va Belarusni muhokama qilmoqchi ekanliklarini qo‘shimcha qilgan. Biroq, Lukashenkoning fikricha, Belarus haqida yaxshisi Minskda gaplashgan ma'qulroq hisoblanadi.
“Ochiqcha taklif qilaman: agar Belarus muammolarini muhokama qilishmoqchi bo‘lsa, unda davlatimizga kelishsin. Shveytsariyada o‘tirib olib, Putinga Belarus muammolarini o‘rgatish – bu kulgili”, deb qo‘shimcha qilgan Lukashenko.
Bayden va Putin 16 iyunda Shveytsariyaning Jyeneva shahrida uchrashmoqchi. Uchrashuvda tomonlar ikki tomonlama munosabatlarni, strategik barqarorlik, pandemiya muammolarini va dunyoning turli burchaklaridagi ixtiloflarni hal qilishni muhokama qilishi kutilmoqda.
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Eron Isroilga uchirayotgan raketalar sonini nega kamaytirgani ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:37
-
Chakana savdoda chegirma berish va aksiya o‘tkazish qoidalari belgilanishi mumkin
Iqtisodiyot | 18:27
-
Trampning maxsus vakili Kellog Minskda Lukashenko bilan uchrashdi
Jahon | 18:13
-
O‘rtachirchiqda hojatxonaga tushib ketgan bolani qutqargan yigit taqdirlandi
Jamiyat | 17:57
Mavzuga oid

18:13
Trampning maxsus vakili Kellog Minskda Lukashenko bilan uchrashdi

23:24 / 20.06.2025
Putin nega Rossiya Eronni qo‘llab-quvvatlamagani haqidagi savolga javob berdi

21:34 / 20.06.2025
«Rus askari qadami yetgan joylar bizniki» - Putin xalqaro forumda nutq so‘zladi

13:25 / 19.06.2025