Senat xalq deputatlari Denov tuman Kengashining noqonuniy qarorini bekor qildi

Foto: Oliy Majlis Senati axborot xizmati
Oliy Majlis Senatining o‘n beshinchi yalpi majlisida Surxondaryo viloyati Denov tumani Kengashi qarorining qonuniyligi to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqilgan va qonunchilikka zid deb topilib, bekor qilingan. Bu haqda Senat axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, Oliy Majlis Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi tomonidan xalq deputatlari Denov tumani Kengashining 2020 yil 19 noyabrdagi «Tumanda shartnoma majburiyatlarini bajarmayotgan, yer ijara shartnomasiga qisman o‘zgartirish kiritilayotgan, yangidan tashkil qilinayotgan va qo‘shimcha yer maydoni olayotgan fermer xo‘jaliklarining faoliyatini ko‘rib chiqish to‘g‘risida»gi 123/25-06-sonli qarorining qonuniyligi o‘rganib chiqilgan.
Qayd etilishicha, mazkur qaror bilan tumandagi «DENOV AGRO-PILLA» MChJning Xazorbog‘, Oxunboboyev, G‘alaba, O‘zbekiston hududlaridagi 114,23 gektar yer maydoni tuman hokimligi zaxirasiga qaytarilgan. Xususan, qarorning 2-bandida tumandagi 9ta paxta va g‘allachilik fermer xo‘jaligi bilan tuman hokimligi o‘rtasida tuzilgan uzoq muddatli yer ijara shartnomasi bekor qilinishi, 5-bandida qator fermer xo‘jaliklari bilan tuzilgan yer ijarasi shartnomalariga o‘zgartirish kiritilayotgan fermer xo‘jaliklari soni tasdiqlanishi nazarda tutilgan.
Ammo amaldagi qonunchilik hujjatlariga asosan xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining fermer xo‘jaliklari, qishloq xo‘jaligi korxonalari va boshqa tadbirkorlik sub'yektlari hamda hokimlik o‘rtasidagi shartnomaviy huquqiy munosabatlarga aralashish vakolati mavjud emas.
Bundan tashqari, Fuqarolik kodeksining 382-moddasiga muvofiq agar turli qonunlarda yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, shartnoma taraflarning kelishuviga muvofiq o‘zgartirilishi va bekor qilinishi mumkin.
Shuningdek, Yer kodeksining 24-moddasi hamda «Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida»gi Qonunning 13-moddasiga ko‘ra yer uchastkalarini ijaraga olish shartnomasini muddatidan oldin bekor qilish taraflarning kelishuvi bilan, bunday kelishuvga erishilmagan taqdirda esa sudning hal qiluv qarori bilan amalga oshirilishi belgilangan.
Yuqorida keltirilgan qonunlar va kodekslarga asoslanib, Oliy Majlis Senati xalq deputatlari Denov tumani Kengashining 2020 yil 19 noyabrdagi «Tumanda shartnoma majburiyatlarini bajarmayotgan, yer ijara shartnomasiga qisman o‘zgartirish kiritilayotgan, yangidan tashkil qilinayotgan va qo‘shimcha yer maydoni olayotgan fermer xo‘jaliklarining faoliyatini ko‘rib chiqish to‘g‘risida»gi qarori qonunchilikka zid deb topib, uni bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qilgan.
Xalq deputatlari Surxondaryo viloyat kengashi Denov tumani hokimining qarorini bekor qildi
Senat Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati kengashining noqonuniy qarorini bekor qildi
Tavsiya etamiz
Trampning savdo urushi: u Xitoyga yon berdimi?
Jahon | 22:28 / 20.05.2025
O‘zbekistonda go‘sht narxi oshishiga qaysi omillar ta’sir qilyapti?
Iqtisodiyot | 22:11 / 20.05.2025
Nima qilsa muzqaymoq bolalarning tomog‘ini og‘ritmaydi? – pediatr maslahati
Jamiyat | 17:23 / 20.05.2025
Boysunning kelajagi nima bo‘ladi? FVV mas’uli izoh bera olmadi
O‘zbekiston | 21:32 / 19.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh hukumati Harvard universitetiga chet ellik talabalarini o‘qishga qabul qilishni taqiqladi
Jahon | 00:39
-
Shavkat Mirziyoyev Sloveniya prezidenti bilan birga qo‘shma biznes forumda ishtirok etdi
O‘zbekiston | 23:48 / 22.05.2025
-
Angrenda 4 nafar maktab o‘quvchisi bitiruv kechasiga pul topish maqsadida o‘g‘irlik sodir etdi
Jamiyat | 23:34 / 22.05.2025
-
“Putinga yoqish uchun aytilgan gaplar” - ekspertlar Kobyakovning bayonoti haqida
Jahon | 23:21 / 22.05.2025
Mavzuga oid

11:20 / 02.05.2025
Denovda haydovchi 32 nafar bolani Damas'ga mindirib ketayotgani aniqlandi

11:03 / 02.05.2025
Surxondaryoda YPX xodimiga kuch ishlatgan 3 kishi ushlandi

17:50 / 21.01.2025
Surxondaryodagi maktablardan birida direktor o‘rinbosari o‘quvchi qizning nomusiga tegib kelgani ma’lum bo‘ldi

13:06 / 30.12.2024