Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Alisher Navoiy maqbarasini rekonstruksiya qilish loyihasi bilan tanishdi
O‘zbekiston Afg‘onistonning Hirot shahridagi Alisher Navoiy maqbarasida qurilish-tiklash va obodonlashtirish ishlari olib boradi. Loyiha 31 may kuni prezident Shavkat Mirziyoyevga taqdimot qilindi.
Qurilish vaziri Botir Zokirov / Foto: Prezident matbuot xizmati
2020 yil 19 oktyabrda qabul qilingan, Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligiga doir prezident qarorida mutafakkirning maqbarasini obodonlashtirish imkoniyatlarini o‘rganib chiqish vazifasi yuklatilgan edi.
Prezident matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ushbu topshiriq ijrosini ta'minlash doirasida O‘zbekiston rasmiylari afg‘onistonlik hamkasblari bilan birgalikda maqbarani joyiga borib o‘rgangan. O‘rganishlar natijasida an'anaviy me'morchilik, san'at va bezak elementlaridan foydalangan holda maqbarani ta'mirlash va tiklash loyihasi ishlab chiqildi.

Bugun taqdim etilgan loyihaga ko‘ra, maqbaraning kirish va qolgan yo‘laklariga Navoiyning hikmatli so‘zlari bitilgan kitob ko‘rinishidagi belgilar qo‘yiladi, dekorativ o‘tirgichlar o‘rnatiladi.
Kirish qismida 8 burchakli masjid bunyod etiladi. Majmua hududi ko‘kalamzorlashtiriladi.
Kirish peshtoqidan hovli qismining chap va o‘ng tomonida yopiq uslubda ayvonlar barpo etiladi. Maqbaraning tashqi ko‘rinishiga bezak beriladi. Gumbaz, maqbara oldi va yon qismlari mayolika elementlari bilan ishlanadi.
Davlat rahbari loyihalar bilan tanishib, mutasaddilarga ularni sifatli amalga oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi, deyiladi rasmiy relizda.
Mavzuga oid
22:54 / 05.03.2026
Pokiston-«Tolibon» mojarosi: ular nimani bo‘lisha olishmayapti?
21:02 / 01.03.2026
Afg‘oniston Pokiston bilan to‘qnashuvlar davomida 400 nafardan ortiq harbiylarini yo‘qotdi
21:59 / 28.02.2026
Baxtiyor Saidov Afg‘oniston va Pokiston tashqi ishlar vazirlari bilan muloqot o‘tkazdi
21:42 / 27.02.2026