Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda qoidani buzib harakatlangan haydovchi urib yuborgan ayol vafot etdi
Samarqand viloyati Jomboy tumanida qoidani buzib qarama-qarshi yo‘nalishga chiqqan haydovchi yo‘l chetida ketayotgan ayolni urib yuborgan. Oqibatda ayol hodisa yuz bergan joyda vafot etgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, joriy yil 27 may kuni mahalliy ahamiyatdagi 5K502 Jomboy-G‘azira avtomobil yo‘lining Jomboy tumani A.Qurbonov mahallasi hududidan o‘tgan 2-kilometrida ayanchli yo‘l-transport hodisasi ro‘y bergan. Nexia mashinasi haydovchisi qoidalarni buzgan holda qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib, yo‘l chetida ketayotgan 46 yoshli ayolni urib yuborgan. Oqibatda ayol og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan.
Qayd etilishicha, Jomboy tuman IIB YHXB tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.
Mavzuga oid
10:15 / 16.06.2026
Toshkentda 9-sinf bitiruvchisi haydagan BYD avtobus bilan to‘qnashdi
21:36 / 14.06.2026
Farg‘onada "Lasetti" qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketishi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi
23:04 / 13.06.2026
Samarqandda Rossiyada ishlashni rejalashtirayotgan fuqarolar uchun test markazi ochiladi
10:50 / 12.06.2026