Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda havo harorati pasayishi kutilmoqda
Bugun mamlakat hududining katta qismida yoz faslining boshi uchun me'yoriy qiymatlardan 7-10 darajaga yuqori bo‘lgan, Eron hududlaridan kirib kelgan anomal issiq ob-havo saqlanib turadi.
“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat kechga tomon Toshkent viloyatida, shuningdek tog‘oldi va tog‘li hududlarda konvektiv bulutlilik rivojlanishida momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor. Aksariyat viloyatlarda kunduz kuni havo 40-43 daraja issiqqacha, janubda ba'zi joylarda 44-46 darajagacha ko‘tariladi. Kavkaz hududlaridan kirib kelayotgan kuchsiz antitsiklon ta'sirida respublika shimolida havo harorati pasayadi va 33-38 daraja issiqni tashkil etadi. Respublika bo‘yicha ba'zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha, ba'zi joylarda changli bo‘ron bilan kuchayishi saqlanib turadi.
Ertaga Kavkaz hududlaridan kirib kelgan salqin havo respublikaning katta qismini qamrab oladi, buning hisobiga havo harorati pasayadi. O‘zbekistonda yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat Toshkent viloyatida, tog‘oldi va tog‘li hududlarda momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor. Havo harorati kechalari 24-27 daraja issiq atrofida bo‘ladi, kunduz kunlari esa harorat pasayadi va 34-38 daraja issiqni, respublikaning eng janubida 41-43 daraja issiqni tashkil etadi
Bunday harorat foni hafta oxirigacha davom etadi, ammo harorat me'yordan hali ham yuqori bo‘ladi va kechalari 20-25 daraja issiqni, kunduz kunlari 34-39 daraja issiqni, respublikaning eng janubida 41-43 daraja issiqni tashkil etadi. Ushbu davrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat tog‘oldi va tog‘li hududlarda konvektiv bulutlilik rivojlanishida momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 8-9 iyun kunlarida shamolli ob-havo saqlanib turadi, respublika bo‘yicha shamol 17-22 m/s gacha, ba'zi joylarda changli bo‘ron bilan kuchayishi mumkin.
Mavzuga oid
11:56 / 23.01.2026
Hafta oxirida havo biroz ilishi kutilmoqda
10:49 / 23.01.2026
Farg‘ona vodiysidagi kuchli qor sabab bir nechta reyslar muqobil aerodromlarga yo‘naltirildi
09:18 / 23.01.2026
Toshkentda qor tozalash ishlariga 230 ta maxsus texnika va 1 mingdan ortiq xodim jalb etildi
10:20 / 22.01.2026