Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirining bir o‘rinbosari lavozimi qisqartirildi
Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirining kasb-hunar ta'limi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Murodullo Xolmuhamedov lavozimidan ozod etildi. Prezident qaroriga asosan, vazirning yana bir o‘rinbosari lavozimi bekor qilinishi kutilyapti.

Vazirlik matbuot xizmati Kun.uz'ga Murodullo Xolmuhamedov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimini tark etganini ma'lum qildi.
Murodullo Xolmuhamedov 2017 yildan buyon vazirlikning Kasb-hunar ta'limi markazi rahbari hamda 2019 yildan vazir o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgandi. U bungacha vazirlikning Samarqand viloyati boshqarma boshlig‘i lavozimida ham faoliyat yuritgan.
Shu yil aprel oyidagi prezident qaroriga ko‘ra, vazirlik va markaziy idoralarda rahbar o‘rinbosari lavozimlaridan 40 tasi qisqartirishga tushgandi. Qarorda, oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirining ikki o‘rinbosari lavozimi bekor qilinishi ko‘rsatilgan: ulardan biri kasb-hunar ta'limi masalalari bo‘yicha o‘rinbosar lavozimi ekani ta'kidlanib, ikkinchi o‘rinbosar lavozimi qaysi ekaniga aniqlik kiritilmagan.
Kun.uz manbasiga ko‘ra, qisqartirilayotgan ikkinchi mansab – vazirning axborot texnologiyalari va yoshlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimidir.
Bu lavozimda 31 yoshli Yusuf Absoatov ishlab kelmoqda. U 2020 yil yanvarida prezident o‘tkazgan yig‘ilishda vazir o‘rinbosarligiga tavsiya qilingandi. U o‘sha vaqtda O‘zbekiston Milliy universitetining 2-bosqich magistratura talabasi edi.
Eslatib o‘tamiz, 4 yil mobaynida oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirining fan va innovatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Uzoqboy Begimqulov kuni kecha maktabgacha ta'lim vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi.
Tavsiya etamiz
“Sirtqi ta’lim yopilsa, hech narsa yo‘qotmaymiz” – mutaxassislar bilan suhbat
O‘zbekiston | 15:26 / 19.05.2025
Trampni siylagan arablar, muzlatilgan savdo urushi va amalga oshmagan “duel” - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 16:04 / 17.05.2025
Tahdid va tarix haqida va’z: Istanbul muzokaralarida nimalar deyishdi?
Jahon | 13:33 / 17.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” bilan Hurgadaga: dengiz, quyosh va sharqona ertak
O‘zbekiston | 09:00
-
O‘zbekiston asalni asosan ikki davlatga eksport qilmoqda
Iqtisodiyot | 10:53
-
Kiyev YeIni AQSh senatorlarining sanksiyalar bo‘yicha g‘oyalarini qabul qilishga chaqirdi
Jahon | 10:38
-
Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internat faoliyati yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekiston | 10:26
Mavzuga oid

11:40 / 27.09.2021
Ikkinchi va undan keyingi ta'limni olish tartibi tasdiqlandi

10:27 / 22.09.2021
«Hech qaysi firma talabalar o‘qishini xorijdan O‘zbekistondagi OTMga ko‘chirishga oldindan kafolat bera olmaydi» - DTM

14:09 / 21.09.2021
Toshkent viloyatida Koreya universiteti filiali tashkil etiladi

11:29 / 20.09.2021