Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tesla xitoylik blogerlarni kechirim so‘rashga majbur qildi
Xitoylik blogerlar Tesla mashinalari nosozliklari haqidagi xabarlari uchun kompaniya rahbariyatini sudga shikoyat qilish bilan ularni qo‘rqitmoqchi bo‘layotganlikda aybladi.
Financial Times nashrining xabar berishicha, iyunda Tesla Weibo ijtimoiy tarmog‘ida Xitoydagi yuridik xizmati akkauntini yaratgan. Bir necha mahalliy blogerlarga bo‘hton qilganlari uchun ularga qarshi sudga da'vo arizalari berilishi mumkinligi haqidagi maktublar kelgan. Bunday ogohlantirishdan keyin kamida ikki bloger kompaniya avtomobillaridagi muammolar haqida aytgan so‘zlari uchun kechirim so‘rashgan.
Tesla uchun Xitoy bozori asosiylardan biri hisoblanadi. Joriy yilning 1-choragiga ko‘ra, kompaniyaning Xitoydagi tushumi 3 mlrd dollarni, ya'ni butun dunyo bo‘yicha tushumining 30 foizini tashkil etgan. Oxirgi vaqtda Tesla Xitoyda tobora ko‘proq tanqid qilinmoqda: ko‘pchilik kompaniya avtomobillari nosozliklari va muammolari haqida ma'lum qilishmoqda. Misol uchun, mijozlarni elektromobillar boshqaruvidagi nosozliklar va batareyalar alangalanishi tashvishlantirmoqda.
Xitoyning mutasaddi idoralari shunday shikoyatlardan keyin Tesla vakillarini kompaniya avtomobillari xavfsizligi va sifati borasida suhbatga chaqirgan. Tesla’ga mashinalar boshqaruvini yaxshilash hamda Xitoy qonunlariga amal qilish va iste'molchilar huquqlarini himoya qilish taklif qilingan.
Xitoyda kompaniya mahsulotlariga buyurtmalar hajmi may oyida jiddiy qisqarib ketdi. Tesla’ning Xitoyda may oyidagi buyurtmalari soni 9800tani tashkil qilgan, vaholanki aprelda bu ko‘rsatkich 18 mingdan ko‘proqqa yetgan.
Mavzuga oid
22:21 / 12.02.2026
AQSh Venesuelaning «neft karantini» tugaganini e’lon qildi
20:55 / 09.02.2026
Hongkongda media magnat Jimmi Lay 20 yilga qamaldi
18:35 / 09.02.2026
Britaniya turoperatori Pekin - Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha lyuks poyezdini yo‘lga qo‘yadi
21:26 / 07.02.2026