Turkiya va xorij matbuotida hamon qizğin muhokama qilinayotgan turk mafiozi Sedat Peker ilk marta aniq bir ismni tilga olgan holda, AKP (Adolat va taraqqiyot partiyasi) Markaziy qaror kengaşi (MKYK) a'zosi Metin Kulunkka «sumka-sumka» pul berganligini iddao qildi.

Metin Kulunk kim?

Rizening Guneysu şahrida tuğilgan Kulunk Yulduz texnika universiteti bitiruvçisi hisoblanadi. U siyosatga kirişdan oldin xususiy sektorda faoliyat olib borgan, Istanbul Töqimaçilik va kiyim-keçak eksportçilar uyuşmalari qömitalarida xizmat qilgan.

1995-2000 yillarda u Istanbul sanoat palatasi tayyor kiyimlar qömitasi a'zosi, milliy turk örta ta'lim talabalar uyuşmasi va «Milliy najot» partiyasi viloyat yoşlar kengaşi a'zosi sifatida işlaydi.

AKP taşkil etilgandan keyin u öz siyosiy faoliyatini uşbu partiyada davom ettiradi. Dastlab u AKP viloyat ijroiya kengaşi a'zosi, keyinroq viloyat taşkiloti raisi sifatida işlaydi. 2011 yilgi saylovlarda parlament tarkibiga kiradi va uç marta – 24, 25 va 26-muddatlarda Istanbul deputati böladi.

Viloyat rahbarligi örniga MKYK’ga a'zolik

Kulunk 2018 yilgi saylovlarda deputatlikka nomzod sifatida körsatilmaydi.

2019 yilgi mahalliy saylovlardan söng, uning ham nomzodi Istanbul viloyati hokimligi uçun ham körsatilgan edi. Biroq Rajab Toyyib Erdöğan viloyat rahbarligi uçun Usmon Nuri Kabaktepeni tanlaydi. Buning örniga Erdöğan Kulunkni partiya rahbariyatiga oladi va u 24 martda AKP’ning 7-kongressida MKYK a'zosiga aylanadi.

U Gulen bilan suratga tuşganlar keçirim söraşi kerakligini aytgan

 

2016 yil 15 iyuldagi töntaruv taşabbusidan söng, Kulunk Fathulloh Gulen taşkilotiga qarşi keskin çiqişlari bilan omma e'tiborini tortadi.

Harbiy davlat töntarişiga urinişdan söng, u Gulen taşkilotiga qarşi olib borilgan tergovlar böyiça «sud tizimiga va politsiyaga bosim ötkazgan viloyatlar röyxati»ni e'lon qiladi va ularning boşida Ordu viloyati turganini da'vo qiladi. Orduda har qadamda Mobese (Mobil elektron tizim integratsiyasi) – kuzatuv tizimi borligini aytgan Kulunk «xavfsizlik dasturlari orqali FeTÖga dasturiy ta'minot orqali ma'lumotlar uzatilgani» haqidagi da'voni ilgari suradi.