Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navoiyda yuk mashinasi urib yuborgan velosiped haydovchisi shifoxonada vafot etdi
Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida yuk mashinasi urib yuborgan velosiped haydovchisi shifoxonada vafot etgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 15 iyun kuni soat 19:10larda Qiziltepa tumanida joylashgan mahalliy yo‘llardan birida «Kamaz» yuk mashinasi velosiped boshqarib ketayotgan shaxsni urib yuborgan. Oqibatda velosiped haydovchisi ko‘rsatilgan tez tibbiy yordamga qaramasdan tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli shifoxonada vafot etgan.
Surishtiruvda aniqlanishicha, velosiped haydovchisi yuk mashinasi bilan bir yo‘nalishda harakatlanayotgan bo‘lgan. Yo‘lning tor joyida u yuksiz holda ketayotgan «Kamaz»ning tirkamasiga urilgan.
Qayd etilishicha, hozirda mazkur hodisa yuzasidan Qiziltepa tumani IIB tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
11:33 / 16.05.2026
Samarqanddagi YTHda ikkita yuk mashinasi yonib ketdi
11:00 / 16.05.2026
Chilonzorda Tracker piyodani urib yubordi
00:40 / 16.05.2026
Olmaliqda mototsiklchi 14 yoshli piyodani urib yubordi
16:48 / 15.05.2026