Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toliblar Tojikiston bilan chegaradagi tumanni egallab oldi
Oxirgi bir necha oy ichida Afg‘onistonda ko‘plab tumanlar «Tolibon» qo‘liga o‘tgan.
Afg‘onistonning Qunduz viloyatidagi Imom Sohib tumani toliblar tomonidan egallab olindi. Bu haqda «Pajvok» agentligiga tayanib «Aziya-Plyus» xabar berdi.
Agentlik muxbirining so‘zlariga ko‘ra, «Tolibon» bir necha soat avval tumanni egallagan, hozirda Qunduz shahriga hujum boshlagan.
Mazkur tuman Tojikistonning Xatlon oblastidagi Panj tumani bilan chegaradosh hisoblanadi.
"Shahar darvozasi toliblar qo‘lida, shaharning o‘zi qurshab olingan. Shahardagi vaziyat keskinlashmoqda", - deyiladi xabarda.
Oxirgi bir necha oy ichida Afg‘onistonda ko‘plab tumanlar «Tolibon» qo‘liga o‘tgan. So‘nggi bir necha kun ichida hukumat qo‘shinlari 15ta tumanni tark etgan.
Mavzuga oid
14:26 / 05.07.2026
Afg‘onistondan dronda narkotik olib o‘tishning oldi olindi
13:47 / 29.06.2026
Pokiston yana Afg‘onistonga hujum qildi
18:19 / 22.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida aviaqatnovlar soni oshiriladi
09:05 / 17.06.2026