Milliy test tizimi savollarining tarqalib ketishi bo‘yicha tekshiruv davom etyapti - Majid Karimov
Milliy test tizimi doirasidagi kimyo va biologiya imtihonlari savollari tarqalib ketgani bo‘yicha surishtiruv ishlari hali davom etmoqda. Bu haqda jurnalistlar savoliga javoban Davlat test markazi direktori Majid Karimov ma'lum qildi.
“Milliy test tizimi bu yil joriy etildi. Lekin oxirgi oylarda ijtimoiy tarmoqlarda test materiallari sotilayotgani haqida ma'lumotlar chiqdi. Albatta, bu narsa faqat ijtimoiy tarmoqda emas. Bizning o‘zimizga ham ko‘p xat, signallar kelgan va bu signallar asosida biz tegishli organlarga murojaat qilganmiz.
Bu ishlar hozir ketyapti. Lekin ularning hisoboti menda yo‘q. Ularning hisoboti bo‘lsa, beramiz.
Test natijalariga keladigan bo‘lsak, oxirgi test natijalari 10 iyunda o‘tkazilgan bo‘lsa, 20 ish kunida natijasi chiqishi kerak. Undan keyin chiqmasa, uni ko‘rib, javob beramiz.
Bu narsa hozir o‘rganilyapti. O‘zimizda ham ishchi guruh tashkil etilgan. Tegishli mutaxassislarni jalb qilgan holda o‘rganish jarayonida. Agar o‘rganish yakunlansa, albatta, buning axborotini yetkazamiz”, – dedi Majid Karimov 24 iyun kungi matbuot anjumanida.
Eslatib o‘tamiz, kimyo va biologiya savollari tarqalishi ortidan, tibbiyot yo‘nalishiga hujjat topshirishni niyat qilgan abituriyentlar xavotirga tushib qolishdi. Avvalroq Kun.uz bu haqda batafsil yozgan edi.
Mavzuga oid
17:46 / 28.10.2024
Apple salomatlik uchun foydali ilovani sinovdan o‘tkazdi
18:39 / 11.10.2024
Abituriyentlar Bilim va malakalarni baholash agentligini sudga berdi
15:03 / 14.08.2024
O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari sanalari e’lon qilindi
14:00 / 09.08.2024