AQŞda Oliy sud sudyasini tayinlaş köp munozaralarga sabab bölişi mumkin. Zero, bu mamlakatda Oliy sud sudyasi – şunçaki quyi instansiya sudlarining qarorlarini körib çiquvçi emas, balki öz qarorlari bilan mansabdor şaxslarga, jumladan, AQŞ prezidenti manfaatlariga daxl qiluvçi va huquqiy munosabatlarni sezilarli darajada özgartiruvçi lavozim hisoblanadi.

Şu boisdan Oliy sud sudyalarini tayinlaş tartibi, ular faoliyatining kafolatlari kabi masalalar töğrisida Özbekiston va AQŞ qonunçiligining qiyosiy tahliliga töxtalib ötişni lozim topdik.

Oliy sud sudyalarining tarkibi va tayinlanişi

AQŞ Oliy sudi
Foto: Getty Images

AQŞ Oliy sudi tarkibi bir qator murakkab bosqiçlardan söng şakllanadi. E'tiborli jihatlaridan biri şundaki, Oliy sud sudyalari sonining aniq miqdori AQŞ Konstitutsiyasida belgilanmagan. Bu miqdorni Kongress belgilaydi. Dastlabki yillarda 5 nafar sudyadan iborat bölgan Oliy sud prezident Endryu Jonson davriga kelib özining hozirgi 9 kişilik körinişiga keldi: 1 nafar boş sudya va 8 nafar örinbosar.

Bundan taşqari, AQŞ Konstitutsiyasida va boşqa biron bir hujjatda Oliy sud sudyasi bölişning malaka talablari qayd etilmagan. Bu AQŞ prezidentiga istalgan şaxsni, u huquqşunos, siyosatçi yoki boşqa kasb egasi bölişidan qat'i nazar, Oliy sud sudyasi lavozimiga nomzod sifatida körsatiş imkoniyatini beradi. Qolaversa, prezidentlar nomzodning siyosiy qaraşlariga ham e'tibor beradi. Boisi, agar prezident konservativ bölsa, u ilgari surgan nomzod sudya bölganidan söng liberallar manfaatlari yölida iş olib borişini xohlamaydi.

Oliy sud sudyaligiga nomzod körsatiş – AQŞ Konstitutsiyasiga muvofiq, prezidentning mutlaq huquqi hisoblanadi. Amaliyotda, AQŞ prezidentlari taqdim qilgan nomzodlar borasida turli bahs-munozaralar ketsa-da, şu paytga qadar ularning 11 nafari rad etilgan, xolos.

Körsatilgan nomzod töğridan töğri Senatda ovozga qöyilmaydi. Avvalo, nomzod Senatning Huquq qömitasida suhbatdan ötişi kerak. Bunda senatorlar uning nafaqat huquq sohasidagi bilimlari, balki uning falsafiy qaraşlariga ham e'tibor qaratişadi. Suhbat yakunida senatorlar nomzod haqidagi özining ijobiy, salbiy yoki betarafligi haqidagi xulosasini yakuniy ovozga qöyiş uçun Senatga yuboradi.