Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toliblar Afg‘onistonning Tojikiston bilan chegaradagi zastavasini egallab oldi
«Tolibon» jangarilari Afg‘onistonning Balh viloyati Kaldor uyezdi Uchkuch chegara punktiga hujum qilishi oqibatida hukumat qo‘shinlarining 17 harbiysi Tojikiston hududiga chekindi. Bu haqda Tojikiston Davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi chegara qo‘shinlari matbuot xizmatida ma'lum qilindi.
Xabarda ta'kidlanishicha, mahalliy vaqt bilan soat 12:50gacha davom etgan to‘qnashuvlar oqibatida hukumat qo‘shinlarining 17 harbiysi o‘z hayoti va shaxsiy tarkibni saqlab qolish uchun «Shahritus» chegara otryadining 1-posti orqali Tojikiston tomonga o‘tishga majbur bo‘lgan.
Ma'lum qilinishicha, tojik chegarachilari insonparvarlik va yaxshi qo‘shnichilik tamoyillariga amal qilib, afg‘on harbiylariga o‘z hududiga o‘tishga ruxsat bergan.
Ta'kidlanishicha, ushbu chegaraoldi uchastkasidagi vaziyat keskinligicha qolmoqda, «Tolibon» va afg‘on hukumat qo‘shinlari o‘rtasida harbiy to‘qnashuvlar davom etmoqda.
Mavzuga oid
14:26 / 05.07.2026
Afg‘onistondan dronda narkotik olib o‘tishning oldi olindi
13:47 / 29.06.2026
Pokiston yana Afg‘onistonga hujum qildi
18:19 / 22.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida aviaqatnovlar soni oshiriladi
09:05 / 17.06.2026