Hindistonda koronavirusdan sog‘aygan bolalar orasida xavfli kasallik tarqalmoqda

Hindistonda koronavirusdan sog‘aygan bolalar orasida multitizim yallig‘lanish sindromi bilan kasallanish avj olmoqda. Bu haqda The Times of India nashri ma'lum qildi.
«Bu sindromga bir yil bo‘lmoqda va u bilan bog‘liq holatlar tobora ko‘proq qayd etilmoqda», deb ma'lum qilgan Chandigarxdagi Tibbiy ta'lim instituti bolalar bo‘limi boshlig‘i, professor Jayashri.
Ushbu sindrom Maxarashtra, Xaryana, Panjob va boshqa shtatlarda bolalar orasida qayd qilingan. U bilan kasallanganlar soni noaniq, biroq raqamlar yuzdan ortiqni tashkil etmoqda.
Shifokorlar Hindistonda bu kasallik bo‘yicha umummilliy statistika va unga qarshi kurashishga oid tavsiyalar yo‘qligidan xavotir bildirishmoqda.
Kasallik bola yoki o‘smir koronavirusdan sog‘aygandan 4–6 hafta o‘tib rivojlana boshlaydi. Uning alomatlari quyidagilardan iborat: tana harorati ko‘tarilishi, titrash, toshma toshishi, kon'yunktivit, ichburug‘ va qayt qilish, past qon bosimi. Ushbu kasallik boshqa bolalar kasalliklari bilan chalkashtirilmoqda.
Mutaxassislarning ta'kidlashicha, bolalarning ushbu sindrom bilan kasallanishi sabablaridan biri pandemiyada kiritilgan cheklovlar tufayli ular kam harakatlanayotgani, kamroq sayr qilayotgani va maktabga bormayotgani hisoblanadi. Shuningdek, ushbu kasallikning ortiqcha vaznga ega bolalarda paydo bo‘lish xavfi yuqori.
Ma'lumki, Hindistonda koronavirusning eng xavfli turi «delta» va uning yangi varianti «delta-plyus» paydo bo‘lgandi. Bundan tashqari, mamlakatda koronavirusdan sog‘ayganlar orasida «qora», «oq», «yashil» va «sariq» mog‘or kasalliklari avj olishi kuzatilmoqda.
Tavsiya etamiz
Modrich «Real»ni tark etadi
Sport | 20:38 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
Jahon | 15:40 / 22.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
Jahon | 21:49 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
Jahon | 21:32 / 21.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Hindistonda kuchli yomg‘ir oqibatida kamida 45 kishi halok bo‘ldi
Jahon | 21:17
-
Rossiya va Ukraina 390 nafar asirni almashtirdi
Jahon | 21:14
-
Turkiyada 2016 yilgi davlat to‘ntarishiga aloqador o‘nlab harbiylar hibsga olindi
Jahon | 21:12
-
FXX Qozog‘iston fuqarolarining Rossiyaga kirishini taqiqlay boshladi
Jahon | 20:41
Mavzuga oid

21:17
Hindistonda kuchli yomg‘ir oqibatida kamida 45 kishi halok bo‘ldi

21:32 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi

22:08 / 20.05.2025
Hindistonda may boshidan beri 8 kishi yo‘lbarslar hujumi qurboniga aylandi

00:15 / 20.05.2025