Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qarshida niqobsiz yo‘lovchilarni olib yurgan haydovchilar jarimaga tortilmoqda
Qarshi shahrida o‘zi niqobsiz bo‘lgan hamda niqobsiz yo‘lovchini olib yurgan haydovchilarga chora ko‘rish boshlangan. Bu haqda viloyat transport boshqarmasi axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, bugun, 28 iyun kuni Qashqadaryo viloyati transport boshqarmasi xodimlari viloyat IIB YHXB inspektorlari bilan hamkorlikda Qarshi shahrida nazorat tadbirlarini o‘tkazishgan. Tadbirda yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullangan holda karantin qoidalarini buzgan haydovchilarni aniqlashga asosiy e'tibor qaratilgan. Jumladan, o‘zi niqobsiz bo‘lgan yoki niqobsiz yo‘lovchilarni olib yurgan haydovchilarga chora ko‘rilgan.

Qayd etilishicha, o‘zi niqobsiz bo‘lgan yoki niqobsiz yo‘lovchini olib yurgan haydovchilarga nisbatan Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasiga asosan bayonnomalar rasmiylashtirilgan. Ta'kidlanishicha, bu kabi tadbirlar yana davom ettiriladi.


Eslatib o‘tamiz, koronavirus tarqalishiga qarshi kurashish respublika komissiyasining tegishli qaroriga ko‘ra, niqobsiz yo‘lovchilarni jamoat transportlariga chiqarishga ruxsat etilmaydi. Shuningdek, odam tashish bilan shug‘ullanadigan haydovchilarning ham niqobsiz yurishlari taqiqlanadi.
Ma'lumot uchun, Qashqadaryo viloyatida joriy yil 17 mart kunidan boshlab jamoat transportlarida niqobsiz yurish taqiqlangandi.
Mavzuga oid
21:33 / 13.02.2026
Kremlda Putin bilan uchrashuv oldidan amaldorlar uchun karantin bekor qilindi – OAV
11:26 / 09.02.2026
Toshkentda bog‘chalardagi “karantin” haqidagi xabarlar rad etildi
21:31 / 30.01.2026
JSST Nipah virusi xavfini past baholadi va cheklov qo‘yishni tavsiya qilmadi
20:53 / 25.01.2026