Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nyu-Yorkda Ilon Maskning haykali paydo bo‘ldi
Xabar qilinishicha, haykal ko‘chada besh kun turadi. So‘ngra u kimoshdi savdosiga qo‘yiladi.
Milliarder Ilon Mask kuni kecha o‘zining 50 yoshlik yubileyini nishonladi. Shu munosabat bilan Public ijtimoiy tarmog‘i Nyu-Yorkda Tesla rahbarining bronzadan ishlangan haykalini o‘rnatdi.
Public vakillari barcha xohlovchilarni haykalni tomosha qilishga chaqirdi, chunki u atigi besh kun turganidan so‘ng eBay auksioniga qo‘yiladi.
Haykal sotuvidan tushgan pul investitsiya maktabiga xayriya qilinadi.
Ilon Mask SpaceX kompaniyasining asoschisi, bosh direktori va bosh injyeneri, Tesla kompaniyasining bosh direktori hisoblanadi. Uning boyligi 165,9 mlrd dollarni tashkil etadi.
Mavzuga oid
21:42 / 12.06.2026
Ilon Mask - insoniyat tarixidagi birinchi trillioner
16:26 / 12.06.2026
Ilon Mask dunyodagi ilk trillionerga aylanish arafasida: SpaceX aksiyalari sotuvga chiqyapti
10:03 / 12.06.2026
Ilon Mask 55 milliard dollarlik Terafab loyihasini ilgari surmoqda
08:50 / 12.06.2026