Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘oniston prezidenti O‘zbekistonga keladi
Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani Ahmadzoy Markaziy va Janubiy Osiyo davlatlari anjumanida ishtirok etish uchun Toshkentga keladi.
Bu haqda «Yevropa ittifoqi – Markaziy Osiyo» yuqori darajadagi muloqotining navbatdagi uchrashuvida Afg‘oniston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mirvays Nab ma'lum qildi, deb xabar berdi Sputnik.
Diplomatning ta'kidlashicha, Toshkentdagi anjumanda Afg‘onistonning rivojlanishi kontekstida muammolarni muhokama qilish uchun olimlar yig‘iladi.
O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Yusuf Qobuljonovning ta'kidlashicha, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan o‘tadigan anjumanga butun dunyo e'tibori qaratiladi. Qobuljonov ushbu tashabbusni «global muammolarning yangi yechimlarini topishdagi muhim qadam» sifatida ta'riflagan.
«Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar» deb nomlangan anjuman 15–16 iyulda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
13:05 / 15.08.2022
Afg‘oniston sobiq prezidenti mamlakatni tark etishining asosiy sababini aytdi
09:01 / 01.01.2022
«Menga ikki daqiqa vaqt berishdi». Ashraf G‘ani Kobuldan qanday qochgani haqida ilk marta so‘zlab berdi
22:16 / 06.10.2021
OAV: Ashraf G‘ani BAAga O‘zbekiston orqali qochgan
19:20 / 06.10.2021