Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lukashenko Belarus Yevroittifoqqa yo‘l olgan migrantlarni to‘xtatmasligini aytdi
Lukashenkoning fikricha, migratsion oqimning kuchayishiga xususan, Afg‘onistondagi harakatlari bois Yevroittifoq mamlakatlarining o‘zlari sababchi.
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko respublika Yevroittifoqqa yo‘l olgan migrantlarni to‘xtatmasligini aytdi.
"Agar kimdir Polsha, Litva, Latviya va Ukraina bilan chegarani yopishimizni va Afg‘oniston, Eron, Iroq, Liviya, Suriya, Tunisdan keladigan qochoqlar makoniga aylanishimizni o‘ylayotgan bo‘lsa, u kamida adashayotgan bo‘ladi. Biz hech kimni hech qachon to‘xtatmaymiz: ular bizgamas, yorqin, iliq, shinam Yevropaga borishmoqda", - dedi u.
Uning fikricha, migratsion oqimning kuchayishiga xususan, Afg‘onistondagi harakatlari bois Yevroittifoq mamlakatlarining o‘zlari sababchi.
"Ular bu mamlakatlarni vayron qildi. Ular Afg‘onistonni amalda yo‘q qildi va u yerdan qo‘shinlarini olib chiqdi. U yerda nima bo‘layotganini ko‘rib turibsiz: hozirda sobiq ittifoqning Markaziy Osiyo respublikalari bu oqimni bazo‘r tutib turibdi. Ya'ni qochqinlar paydo bo‘ldi", - dedi u.
Mavzuga oid
22:13 / 19.06.2026
Zelenskiy Lukashenkoga ultimatum qo‘ydi va uni bajarish uchun bir hafta muhlat berdi
22:16 / 16.06.2026
Vatikan va «yahudiylar lobbisi» Putinni aldadi - Lukashenko
09:00 / 01.06.2026
Lukashenko: “Ukrainadagi voqealar Armaniston uchun saboq bo‘lishi kerak”
08:50 / 01.06.2026