Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda korrupsionerlar ro‘yxati tuziladi
O‘zbekistonda korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topilgan shaxslarning ochiq elektron reyestri yuritiladi.
Bu – 6 iyul kuni imzolangan, korrupsiyaga qarshi kurashishga doir prezident farmonida nazarda tutilgan.
Reyestrga kiritilgan shaxslarga quyidagilar taqiqlanadi:
- davlat xizmatiga qabul qilinish va davlat mukofotlari bilan taqdirlanish;
- saylanadigan va alohida tartibda tayinlanadigan lavozimlarga nomzod ko‘rsatish;
- davlat organlari huzuridagi jamoatchilik kengashlari hamda idoralararo kollegial organlarning a'zoligiga kirish;
- ularning tadbirkorligi davlat xaridlarida va davlat-xususiy sheriklik bitimida ishtirokchi (ijrochi) sifatida qatnashishi; davlat aktivlarini xususiylashtirish bilan bog‘liq tender va tanlov savdolarida ishtirok etishi;
- davlat ulushi 50 foizdan yuqori bo‘lgan tashkilotlar hamda davlat ta'lim muassasalarida rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritish.
Reyestr va unga taalluqli cheklovlarga oid qonun loyihasi 3 oy muddatda Prezident Administratsiyasiga taqdim etiladi. Reyestrga ushbu qonun qabul qilinganidan keyin korrupsion jinoyat sodir etgan shaxslar kiritiladi.
Mavzuga oid
08:59 / 01.07.2026
Sog‘liqni saqlash vaziri korrupsiyaga qarshi murojaat bilan chiqdi
08:40 / 01.07.2026
Gaz ta’minoti va kadastr tizimida korrupsion jinoyatlar aniqlandi
21:10 / 30.06.2026
Al Kaponedan Gulnora Karimovagacha: “Kir pullar” qanday yuviladi?
21:16 / 28.06.2026