O‘zbekistonda oilaviy ajrashishlar keskin ko‘paydi
O‘zbekistonda 2021 yilning birinchi yarmida oilaviy ajrimlar soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 34 foizga ortdi. Yil boshidan beri qariyb 20 mingta oila ajrashib ketdi. Eng ko‘p ajrashishlar Toshkent shahrida ro‘y bermoqda.

2021 yilning yanvar-iyun oylarida respublika bo‘yicha 19 407ta ajrim holatlari kuzatilgan.
Taqqoslash uchun, bu ko‘rsatkich 2020 yilning mos davrida 12,8 mingta yoki 2019 yilning shu davrida 16 mingtani tashkil qilgan.
Respublika bo‘yicha ajrimlar soni joriy yilning dastlabki 6 oyi davomida 2020 yilga nisbatan 34 foizga, 2019 yilga nisbatan esa 17 foizga ko‘paygan. Bundan Statistika qo‘mitasi ma'lumotlari darak bermoqda.
Yanvar-mart oylarida hududlar kesimida eng ko‘p ajrimlar soni Toshkent shahri (2830ta), Farg‘ona (2111ta), Samarqand (2041ta) va Toshkent (2018ta) viloyatlarida kuzatilgan.
2021 yil yanvar-mart oylarida eng kam nikohdan ajrashish holatlari Jizzax (620ta), Navoiy (645ta) va Sirdaryo (662ta) viloyatlarida qayd qilingan.
Avvalroq, O‘zbekiston Gender komissiyasi ajrimlar oqibatida jamiyatga yetadigan zararlar haqida tadqiqot o‘tkazgan edi. Tadqiqot xulosasiga ko‘ra, ajrashgan ayollarning aksariyatida quyidagi muammolar yuzaga kelgan.
Birinchidan, turar joy muammosi paydo bo‘ladi. Bola bilan ota-onasinikida yashash qiyin. Ijara narxi esa qimmat. To‘langan aliment bu pulning yarmini ham qoplamaydi.
Ikkinchidan, farzandlar ota mehrisiz o‘sadi. So‘rovnomada qatnashgan 51 nafar ayolning 44 nafarida jami 70 nafar bola bor va ulardan 99 foizi otasi bilan umuman ko‘rishmasligi ma'lum bo‘lgan. Birgina 2019 yilda 31 389ta oila ajrashgani hisobga olinsa, bunday bolalar sonini taxmin qilish mumkin. Ma'lum bo‘lishicha, erkaklar nafaqat boladan xabar olmaydi, balki turli bahonalar bilan aliment to‘lamaslikka harakat qiladi.
Uchinchidan, ajrashgan ayollarga jamiyatda noto‘g‘ri ko‘z bilan qaraladi: intim munosabatlar taklif etiladi, ijaraga qo‘yishni xohlashmaydi.
Respondentlar ajrimlarga sobiq turmush o‘rtog‘ining ro‘zg‘or boshqarishda mas'uliyatsizligi, mustaqil fikri yo‘qligi, oilaga boshqalarning aralashuvi (qaynana, qaynsingillar), erkakning yomon illatlarga ruju qo‘ygani, oilada ayolga qulday munosabatda bo‘lishlari, xiyonat kabi omillarni sabab qilib keltirgan.
Tavsiya etamiz
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
Isroil Suriyani bombaladi. Turkiya nega sukutda?
Jahon | 12:44 / 06.05.2025
May oyida vodiyda me’yorga yaqin harorat kutiladi, mamlakatning katta qismida oy xuddi iyun kabi o‘tadi
O‘zbekiston | 11:17 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Samarqand shahridagi ko‘p qavatli uyda gaz portladi. Qurbonlar bor
O‘zbekiston | 14:57
-
Rossiya Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga MDH davlatlari orasida eng kam mukofot puli to‘laydi
Jahon | 14:36
-
O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslar uchun “Faol hayotga qadam” dasturi joriy etiladi
O‘zbekiston | 14:27
-
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22
Mavzuga oid

14:07 / 14.04.2025
Rossiyada mushkul ahvolda qolgan oila O‘zbekistonga qaytarildi

23:08 / 10.04.2025
Xitoyda oila qurish qoidalari soddalashtirildi

13:52 / 17.03.2025
1 ming nafar “ustoz” tadbirkorlarga 50 mln so‘mgacha grant ajratiladi

17:56 / 22.02.2025