Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qamchiq dovonida «Neksiya» mashinasi yonib ketdi
Qamchiq dovonida «Neksiya» mashinasi yonib ketgan. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, bugun, 6 iyul kuni soat 17:00larda A373 Toshkent-Andijon-O‘sh xalqaro avtomobil yo‘lining 246-kilometrida «Neksiya» rusumli mashina yonib ketgan. Qayd etilishicha, yong‘in sodir bo‘lgan joyga bir necha daqiqada «Qamchiq» maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasi xodimlari yetib kelgan va yong‘inni o‘chirgan.
Ta'kidlanishicha, «Neksiya» salonida besh kishi bo‘lgan va ular mashinadan o‘z vaqtida chiqib ketishga ulgurgan. Shu sababli yong‘inda hech kim tan jarohati olmagan. Qutqaruvchilar ularga barcha zarur yordamlarni ko‘rsatgan.
Dastlabki surishtiruvda aniqlanishicha, «Neksiya»ning dvigatel qismidagi elektr simlarning qisqa tutashuvi yong‘in kelib chiqishiga sabab bo‘lgan.
Mavzuga oid
12:18 / 01.03.2026
Dovon ortidagi qishloq: Chetsuvda bir kun
18:39 / 14.02.2026
Dovon yo‘li va qor ko‘chkisi: vaziyat qay darajada xavotirli?
10:50 / 13.02.2026
Qamchiq dovoni soat 11:00 da ochiladi, kechga yaqin harakat qayta to‘xtatilishi mumkin
10:43 / 13.02.2026