Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘oniston qurolli kuchlari 14ta tumanni toliblardan qaytarib oldi
Ma'lumot berilishicha, armiya oxirgi haftada mamlakatning yetti viloyatida 278ta harbiy operatsiya o‘tkazgan. Ushbu muddat davomida «Tolibon» jangarilari 30dan ortiq terakt amalga oshirgan.
Afg‘oniston qurolli kuchlari 14ta tumanni «Tolibon» harakati jangarilaridan qaytarib oldi. Bu haqda Ariana News telekanali mamlakat qurolli kuchlari matbuot kotibi Ajmal Umar Shinvariyga tayanib xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, janglar davomida 2 mingdan ortiq jangari yo‘q qilingan, 1,4 ming nafari yaralangan.
Shinvariyning ma'lumot berishicha, armiya oxirgi haftada mamlakatning yetti viloyatida 278ta harbiy operatsiya o‘tkazgan. Ushbu muddat davomida «Tolibon» jangarilari 30dan ortiq terakt amalga oshirgan, 43 nafar tinch aholi vakili o‘ldirilgan, 170 kishi jarohatlangan.
Avvalroq Afg‘oniston mudofaa vaziri Bismillo Xon Muhammadiy mamlakatdagi urush hal qiluvchi pallaga kirganini aytgandi.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, milliy xavfsizlik kuchlari mahalliy qarshilik harakatlarining qo‘llab-quvvatlashi yordamida aholini himoya qilish uchun bor kuchini ishga soladi.
Mavzuga oid
10:50 / 12.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida qo‘shimcha temiryo‘l qurilishi mumkin
11:30 / 11.06.2026
Afg‘oniston–Pokiston mojarosiga qaramay, Kobul koridorini qurish loyihasi davom etmoqda
17:54 / 10.06.2026
Pokiston Afg‘oniston bo‘ylab havo zarbalari berdi: 26 kishi halok bo‘lgan
17:37 / 09.06.2026