O‘zbekiston | 10:00 / 09.07.2021
3966
8 daqiqa o‘qiladi

“Do‘stlik ritmlari” noyob videoroliklar tanlovi yakunlari sarhisob qilindi

Xitoyning O‘zbekistondagi elchixonasi O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy davlatlar bilan do‘stona aloqalar bo‘yicha qo‘mita hamda ShHT Xalq diplomatiyasi markazi bilan birgalikda "Do‘stlik ritmlari" videoroliklar tanlovi yakunlarini sarhisob qilib, g‘oliblarni qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirladi.

Tanlov 20 aprel kuni boshlangan edi. Uning ishtirokchilariga Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasidagi do‘stlik munosabatlariga bag‘ishlangan yoki Xitoy haqidagi taassurotlarni o‘zida aks etgan videorolikni suratga olish taklif etilgandi.

Videoroliklar formati ixtiyoriy bo‘lishi mumkin edi; masalan, tanlovga TikTok uchun qisqa video, katta bo‘lmagan hujjatli film, intervyu, lavha yoki tok-shoular qabul qilingan.

Eng muhimi – kreativ yondashuv talab etilib, yagona qoida – videoning davomiyligi 5 daqiqadan oshmasligi kerak edi.

Tanlov o‘zbekistonliklar orasida katta qiziqish uyg‘otdi. Birinchi bosqichda 60 dan ortiq turli format va janrlardagi roliklar qabul qilingan. Shunisi e'tiborliki, roliklar mamlakatning turli burchaklari, xususan, ayni paytda Xitoyda tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar tomonidan ham yuborilgan.

Qatnashganlarning yoshi va kasbiga keladigan bo‘lsak, aniqlanishicha, deyarli barchada operatorlik iste'dodi bor ekan. Masalan, tanlovda maktab o‘quvchilari, o‘qituvchilar, huquqshunoslar va iqtisodchilar, sanoat korxonalari ishchilari, uy bekalari, shifokorlar va IT-sanoati mutaxassislari ishtirok etgan. Ishtirokchilarning yosh doirasi 11-45 yoshni tashkil qilgan.

Ikkinchi bosqichga hakamlar hay'ati tomonidan saralab olingan 28ta ish o‘tgan. Shundan so‘ng ovoz berish jarayoniga o‘zbekistonlik foydalanuvchilar qo‘shilgan. Tanlovga topshirilgan ishlarni jami 1000 kishi ko‘rgan, ular uchun 40 mingta ovoz berilgan.

“Xalqlarimiz o‘rtasidagi an'anaviy do‘stlik uzoq tarixga borib taqaladi. Bundan 2000 yil avval Buyuk ipak yo‘li Xitoy va O‘zbekistonni bir-biriga chambarchas bog‘lab, ikki xalq o‘rtasidagi do‘stona almashuvlarni sezilarli darajada rag‘batlantirib kelgan. So‘nggi yillarda rais Si Tszinpin va prezident Shavkat Mirziyoyev rahnamoliklarida Xitoy-O‘zbekistonning keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlari jadal sur'atlar bilan rivojlanmoqda, turli sohalarda, shu jumladan, birgalikda "Bir kamar, bir yo‘l"ni qurish borasidagi hamkorligi izchil kengaymoqda va chuqurlashib bormoqda”, – dedi XXRning O‘zbekistondagi elchisi Tszyan Yan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, pandemiya avj olganidan buyon Xitoy va O‘zbekiston xalqlari birlashib, koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashishda bir-biriga har tomonlama yordam berish barobarida, do‘stona munosabatlar tarixida birgalikda yangi sahifa ochgan.

“Kuni kecha Xitoyda tantanali ravishda Kommunistik partiya tuzilganining 100 yilligi nishonlandi. Tez orada O‘zbekiston ham o‘z mustaqilligining 30 yilligini nishonlaydi. Kelgusi yilda Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganiga 30 yil to‘ladi. Ishonchim komilki, Xitoy va O‘zbekiston xalqlari bundan keyin ham do‘stlashib, milliy farovonlik yo‘lini birgalikda bosib o‘tishadi. Umid qilamanki, ikki davlat o‘rtasidagi do‘stlikni qo‘llab-quvvatlashni davom ettirib, Xitoy-O‘zbekiston munosabatlari rivojiga yanada katta hissa qo‘shasiz”, – deya ta'kidladi diplomat.

ShHT Xalq diplomatiyasi markazi direktori Qobuljon Sobirovning ta'kidlashicha, O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar ildizlari uzoq o‘tmishga, Buyuk ipak yo‘li davriga borib taqaladi. Ikki ming yil avval ikkala xalq orasida do‘stona almashinuv, Sharq va G‘arb o‘rtasida o‘zaro o‘rganish va o‘zlashtirishlar o‘rnatib bo‘lingan.

“O‘tgan qariyb 30 yil davomida O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi hamkorlik har tomonlama rivojlanib, samarali natijalar berdi. Har ikki mamlakat doimiy ravishda o‘zaro siyosiy ishonchni mustahkamlamoqda, boshqa tomonning rivojlanish yo‘lini hurmat qilmoqda, suverenitet, mustaqillik va hududiy yaxlitlikni himoya qilish borasidagi o‘zaro sa'y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlamoqda, tenglik va o‘zaro hurmat asosida ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirmoqda”, – dedi u.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va do‘stona aloqalar qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Valeriy Tyan bugungi kunda davlatlar o‘rtasida millatlararo munosabatlar va xalq diplomatiyasining turli yo‘nalishlari izchil rivojlanib borayotgani, bu borada XXR elchixonasi juda muhim o‘rin tutishini ta'kidladi.

“Tanlovga taqdim etilgan roliklar o‘zining xilma-xilligi va qiziqarliligi bilan e'tiborni tortadi. Ularda ikki mamlakat tarixi, madaniyati, san'ati, an'analari va me'morchiligi aks ettirilgan.

Shunisi quvonarliki, koronavirus pandemiyasi hamon dunyo bo‘ylab avj olayotgan bir paytda bu voqea minglab insonlarni do‘stlik yo‘lida birlashtira oldi. Bunday tadbirni o‘tkazish barchamiz uchun katta yutuq, deb hisoblayman”, – dedi u.

Tanlovda ishtirok etish natijalariga ko‘ra, 21 nafar g‘olib maxsus sovrin egasi, birinchi, ikkinchi va uchinchi daraja laureatlari, shuningdek rag‘batlantiruvchi sovrin egasi kabi nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlandi.

“Men Sirdaryoda yashayman, ammo shuni aytish mumkinki, Xitoy men uchun ikkinchi uy. Mening omadim chopgan – 7 yil davomida Xitoyda tahsil oldim va o‘sha paytda bo‘lajak rafiqam bilan tanishdim, u asli xitoylik qiz. Bundan bir necha yil avval maktablardan birida xitoy tili sinfini ochish bo‘yicha muhim loyihani amalga oshirish uchun O‘zbekistonga keldik. Xitoyning O‘zbekistondagi elchixonasi sinfni texnik jihozlash bo‘yicha yordam berdi”, – dedi tanlov g‘olibi Murodjon Kenjyebayev.

Ikkinchi daraja laureati bo‘lgan Rimma Sabirdjanova ham o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Meni professional suratga oluvchi deyish qiyin, shunga qaramay, tanlovda ishtirok etishga qaror qildim va yutqazmadim.

Xitoy – juda ko‘p qirrali mamlakat, har safar bu haqda biror nima o‘qiganda yoki internetda videolarni tomosha qilganda, u yerda qancha qiziqarli narsalar borligiga hayron qolasiz. Umid qilamanki, hammaning joniga tegib ulgurgan pandemiya yaqinda tugaydi va nihoyat men Xitoyga bora olaman”, – dedi u.

Tanlov g‘oliblari ro‘yxati

Maxsus sovrin egasi:

Murodjon Kenjyebayev

1-daraja laureatlari:

1. Usmonova Gulrux

2. Xikmatov Daler, Xikmatova Sevil

2-daraja laureatlari:

1. Bobojonov Asadbek

2. Baxtiyorova Iroda

3. Sabirdjanova Rimma

3-daraja laureatlari:

1.Lyu Yana

2.Vaxabova Niginabonu

3.Ivasyuk Olesya

4.Jurayeva Zebiniso

5.Tuychiyev Mirsolim

Rag‘batlantiruvchi sovrin egalari:

1. Fedorova Vera

2. Cherkasova Arina

3. Umarova Lobarxon

4. Usmanova Azizaxon

5. Karimova Yasmina

6. Xikmatova Adel

7. Mechetner Nalan

8. Axmetova Alina

9. Bashirullayeva Ruxsora

10. Tuxtamishev Abdurasul

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid