Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin: Ukraina – Yevropaning eng qashshoq mamlakati
Putinning qayd etishicha, Ukraina va Rossiya asrlar davomida yagona iqtisodiy tizim sifatida rivojlanib kelgan.
Ukraina Yevropaning eng qashshoq mamlakati hisoblanadi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Kreml saytida joylashtirilgan ruslar va ukrainlarning tarixiy birligi to‘g‘risidagi maqolasida aytilmoqda.
«XVJning ma'lumot berishicha, 2019 yilda, koronavirus epidemiyasiga qadar Ukrainada YaIM darajasi jon boshiga 4 ming dollardan kamroqni tashkil etgan. Bu Albaniya, Moldova va tan olinmagan Kosovo Respublikalaridan ham past. Hozirda Ukraina – Yevropaning eng qashshoq mamlakati», — deyiladi maqolada.
Putinning qayd etishicha, Ukraina va Rossiya asrlar davomida yagona iqtisodiy tizim sifatida rivojlanib kelgan.
«Bundan 30 yil avvalgi hamkorligimizga bugun Yevroittifoq mamlakatlari hasad qilishi mumkin edi», — deb yozadi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya va Ukraina – tabiiy, bir-birini to‘ldiradigan iqtisodiy hamkorlar hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, 30 iyun kuni Vladimir Putin rossiyaliklar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri efirda ukrainlar va ruslarni bir xalq, deb hisoblashini, bu haqda alohida maqola yozishini aytgandi.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya prezidentining bu fikriga qo‘shilmagan, «Keling, hammasiga nuqta qo‘yaylik. Biz bir xalq emasligimiz aniq», degandi «Interfaks-Ukraina» agentligiga bergan intervyusida.
Mavzuga oid
23:38 / 26.12.2025
Zelenskiy ofisi Ukrainada saylov uchun pul yo‘qligini aytdi
23:06 / 26.12.2025
Rojdestvoda o‘lim tilagi: toqatsizlik nafratga aylandi
21:44 / 26.12.2025
«Rossiya Ukraina, Qozog‘iston va Kavkazni berib yuborgan». AQSh Putin va Bushning muzokaralari rasshifrovkasini maxfiylikdan chiqardi
16:39 / 26.12.2025