Umumiy ovqatlanish shoxobchalari ish vaqtiga cheklovlar amal qilishi davom etadi

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda 28 iyundan joriy etilgan qo‘shimcha cheklov choralari doirasida kafe, restoran va boshqa ko‘ngilochar muassasalarning ish faoliyatiga o‘rnatilgan cheklovlar 12 iyuldan keyin ham amalda bo‘lishini ma'lum qildi.
«Respublika maxsus komissiyasi tomonidan bir qator cheklovlar bilan birga kafe, restoran va boshqa ko‘ngilochar muassasalarning 08:00dan 20:00gacha ishlashiga ruxsat berilgan edi.
Mazkur holat yuzasidan Sog‘liqni saqlash vazirligi shuni ma'lum qiladiki, ushbu tartiblar Respublika maxsus komissiyasi tomonidan ma'lum bir muddat uchun qabul qilingan emas, ya'ni epidemiologik vaziyat barqarorlashganda ushbu cheklovlar bekor qilinadi. Ammo hozirda ularga hech qanday o‘zgarish kiritilmagan.
Agar karantin qoidalariga oid biror o‘zgarish kiritilsa, buni Sog‘liqni saqlash vazirligi rasmiy sahifalari orqali e'lon qilinadi», deyiladi SSV xabarida.
Eslatib o‘tamiz, maxsus komissiyaning 25 iyun kungi qarorida 28 iyundan 12 iyulga qadar Toshkent shahriga qo‘shni viloyatlardan avtotransport (avtobus, avtomobil) vositalari orqali o‘ta zarurat bo‘lmagan hollarda kirish bo‘yicha cheklovlar o‘rnatilgani ma'lum qilingandi. Ammo amalda bu choralarga rioya etilmadi - Toshkent shahriga kirish 28 iyundan beri erkin bo‘lib qolmoqda.
Shuningdek, 28 iyundan respublika bo‘ylab ko‘ngilochar obektlar – restoran, tungi klublar, diskoteka, karaoke, bilyard zallari va kompyuter o‘yinlari markazlari hamda umumiy ovqatlanish obektlari – kafe, oshxona, choyxonalar ishlashiga soat 8:00dan 20:00gacha ruxsat berilishi, ko‘ngilochar va umumiy ovqatlanish obektlarida tashrif buyuruvchilarga ushbu muassasalar umumiy sig‘imining 50 foizidan qat'iy oshirmagan holda xizmat ko‘rsatish belgilangan, bu cheklovlar qachongacha amal qilishi aniq ko‘rsatilmagandi.
Tavsiya etamiz
Modrich «Real»ni tark etadi
Sport | 20:38 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
Jahon | 15:40 / 22.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
Jahon | 21:49 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
Jahon | 21:32 / 21.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” bilan Sharm-el-Sheyxga: hammaga mos keladigan ritm
O‘zbekiston | 17:00 / 24.05.2025
-
Fransiya sudi Durovga Norvegiyadagi forumda ishtirok etishiga ruxsat bermadi
Jahon | 23:21 / 24.05.2025
-
«Avtooyna» MChJ va «Yoshlik» sport majmuasi sotildi. Xaridorlar kim?
Iqtisodiyot | 22:51 / 24.05.2025
-
O‘zbekistonning likvid zaxiralari joriy yilda eng yuqori cho‘qqisiga chiqib, keyin kamayib boradi - S&P
Iqtisodiyot | 22:41 / 24.05.2025
Mavzuga oid

13:35 / 21.01.2025
Karantin ostidagi mahsulotni eksport qiluvchilar uchun qulay sharoit yaratiladi

18:53 / 30.07.2024
Maktab o‘quvchilari va bog‘cha tarbiyalanuvchilarining to‘rtdan bir qismida turli kasalliklar aniqlandi

11:28 / 22.07.2024
Nikohlanuvchilar qanday tibbiy ko‘riklardan o‘tishi kerak?

17:25 / 20.07.2024