Energetika sohasining faxriy xodimi Ruslan Mubarakshin vafot etdi
«Issiqlik elektr stansiyalari»ning sobiq raisi, 2021 yil boshidan buyon «Chirchiq transformator zavodi» AJ bosh direktori lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Ruslan Mubarakshin vafot etdi.

Foto: Energetika vazirligi axborot xizmati
Energetika sohasining faxriy xodimi Ruslan Mubarakshin 59 yoshida vafot etdi. Bu haqda Energetika vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Ruslan Mubarakshin 1962 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1991 yilda Toshkent davlat texnika universitetini tamomlagan.
U mehnat faoliyatini 1985 yilda «Energiya» birlashgan dispetcherlik markazida elektromontyorlikdan boshlagan.
Ruslan Mubarakshin 2001−2017 yillar oralig‘ida «O‘zbekenergo» AJ va uning tarkibidagi korxonalarda turli lavozimlarda, shu jumladan Toshkent issiqlik elektr stansiyasi direktori lavozimida ishlagan. 2017−2019 yillarda «O‘zbekenergo» AJ boshqaruv raisining ishlab chiqarish bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, 2019−2021 yillarda «Issiqlik elektr stansiyalari» AJ boshqaruvi raisi, 2021 yil fevraldan hozirga qadar «Chirchiq transformator zavodi» AJ bosh direktori lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Tavsiya etamiz
Oshadigan nafaqalar, joriy etilayotgan eskrou tizimi va sog‘liqni saqlash sohasida yangi model – 1 iyuldan nimalar o‘zgaradi?
O‘zbekiston | 11:14
Kredit olishga taqiq va Freeze xizmati: ularning farqi nima?
Jamiyat | 09:02 / 26.06.2025
Imtihon yaqin: bu yil abituriyentlarni nimalar kutyapti? – eng muhim savollarga rasmiylardan javoblar
O‘zbekiston | 12:11 / 25.06.2025
Eronning amaldagi siyosiy tizimi. U qanday paydo bo‘lgandi?
Jahon | 19:30 / 24.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Eron XAEA bosh direktorini yadro inshootlariga kiritmaydigan bo‘ldi
Jahon | 21:11
-
Telegram bir nechta OSINT kanallarni blokladi
Jahon | 20:36
-
Bobur Abduxoliqov va Gulruxbegim Tohirjonova davlat mukofoti bilan taqdirlandi
Sport | 19:50
-
O‘zbekiston Mo‘g‘ulistondan 2 ming tonna «halol» ot va qo‘y go‘shti sotib oladi
Iqtisodiyot | 19:40